JSST rahbari koronavirusning dunyo bo‘ylab tarqalishining 4 asosiy ssenariysini aytib o‘tdi
Koronavirusning dunyo bo‘ylab tarqalishining 4 ta asosiy ssenariysi mavjud. Bu haqda JSST rahbari Tedros Adanom Gebreyyesus ma'lum qildi.
“Kunlik o‘lim holatlari nisbatan barqaror darajada qolayotganiga qaramay, vaziyat jiddiy xavotir uyg‘otmoqda. Barcha davlatlar xavf ostida, biroq hamma davlatlar ham bir xil darajada jabr ko‘rmagan”, deb aytgan Gebreyyesus.
Uning ta'kidlashicha, koronavirus tarqalishining 1-ssenariysi undan ogohlantirilgan va xabardor bo‘lgan davlatlarda yuz bergan. Natijada bu davlatlar virus tarqalishining yirik o‘choqlaridan qochishga muvaffaq bo‘lgan. Bu davlatlar orasida Janubi-Sharqiy Osiyo, Tinch okeani mintaqasi, Karib havzasi va Afrika davlatlari bor.
2-ssenariy Yevropaga xos bo‘lib, bu mintaqada koronavirusning katta ko‘lamda tarqalishi kuzatilgan. Biroq Yevropa davlatlari hukumatlarining koronavirusga qarshi ko‘rgan choralari evaziga kasallik ustidan nazoratni qo‘lga olishga muvaffaq bo‘lingan. Gebreyyesusning ta'kidlashicha, bu davlatlar koronavirus tarqalishining yirik o‘choqlarini bartaraf etish mumkinligini ko‘rsatgan.
3-ssenariy esa koronavirusning birinchi to‘lqinidan o‘tib, cheklovlarni yumshatib, hozirda yangi kasallanish holatlariga qarshi kurashayotgan davlatlarda yuz bermoqda. “Bu davlatlar o‘z pozitsiyalarini boy berayotgandek tasavvur paydo bo‘lmoqda, chunki o‘zining asoslanganligini isbotlagan choralarga amal qilinmayapti yoki ular bajarilmayapti”, deb ta'kidlab o‘tgan JSST rahbari.
Koronavirus tarqalishining 4-ssenariysi infeksiya yuqori sur'atlarda tarqalayotgan hududlar: Shimoliy va Janubiy Amerikada, Afrika va Janubiy Osiyo davlatlarida yuz bermoqda. “Koronavirusning markazi Amerika bo‘lib qolmoqda. Biroq biz birinchi ikki ssenariydan bilamizki, virusni nazorat ostiga olishga hech qachon kechlik qilmaydi. Buni virus faol tarqalganda ham amalga oshirish mumkin”, deb ta'kidlab o‘tgan Gebreyyesus.
Mavzuga oid
18:52 / 08.11.2024
Har yili dunyoda 1 milliarddan ortiq bola zo‘ravonlikka duchor bo‘lmoqda - JSST
17:48 / 01.11.2024
Dunyodagi eng halokatli infeksiya nomi ma’lum bo‘ldi
17:08 / 30.10.2024
Dunyoda silga chalinish holatlari oshdi – JSST
00:26 / 27.10.2024