Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti tuberkulyozga çaliniş böyiça yangi hisobotini e’lon qildi, deb xabar bermoqda Soğliqni saqlaş vazirligi.
Unga köra, 2023 yil tuberkulyoz dunyo böyiça 8 milliondan ortiq kişida aniqlangan. Bu 2022 yilgidan qariyb 0,7 millionga köp va bu 1995 yildan beri qayd etilgan eng yuqori körsatkiç. Jami bemorlar 10,8 milliondan oşgan. 2023 yilda yuqumli kasalliklardan ölim holatlarining asosiy körsatkiçlari silga töğri kelgan. 2023 yilda sil sababli 1,25 million kişi vafot etgan.
Ma’lumotga köra, eng köp kasallaniş Hindiston (26 foiz), Indoneziya (10 foiz), Xitoy (6,8 foiz), Filippin (6,8 foiz) va Pokiston (6,3 foiz) davlatlari hissasiga töğri keladi.
JSST xulosasiga köra, dunyo böylab tuberkulyozning dorilarga çidamli turlari keng tarqalişi “inqiroz omili”dir. JSST silning rivojlaniş xavfini oşiradigan 5 asosiy omilni sanagan. Bular — töyib ovqatlanmaslik, OIV infeksiyasi, spirtli içimliklar asoratlari bilan boğliq kasalliklar, çekiş va qandli diabet.
Soğliqni saqlaş vazirligi Özbekistonda tuberkulyozni davolaş samaradorligi keyingi yillarda 90 foizga yetkazilganini ma’lum qilgan. Vazirlik ma’lumotiga köra, Özbekistonda tuberkulyoz bilan kasallaniş darajasi 1,5-2 barobar, ölim holatlari 6-8 barobar kamaygan.
Eslatib ötamiz, oldinroq Özbekistonda silga moyil bolalar maktab-internatlari tugatilayotgani maktab öquvçilari va ota-onalarning e’tiroziga sabab bölgandi.











