Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Termizda liftda qamalib qolgan 6 yashar qizaloq qutqarib olindi – FVV
Favqulodda vaziyatlar vazirligi Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida liftda qamalib qolgan 6 yashar qizaloq qutqaruvchilar tomonidan qutqarilganini ma'lum qildi.
«15 iyul kuni Favqulodda vaziyatlar vazirligining 1050 tezkor raqamiga Termiz shahri Farovon mavzesida yashovchi fuqarolardan murojaat kelib tushdi. Unga ko‘ra shu manzildagi ko‘p qavatli 18-uyning lifti ishlamay qolgan.
Lift ichida 6 yashar qizcha 1 soatlar chamasi qolib ketgan. Ko‘p qavatli uyda yashovchilar lift eshiklarini o‘zlari ochishga urinishgan. Ochisholmaganlaridan keyin qutqaruvchilarni chaqirtirishgan», deya FVV axborot xizmati rahbari Murod Sodiqovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Surxondaryo viloyati FVB qutqaruv otryadi guruhi zudlik bilan voqea joyiga yetib borishgan. Qutqaruvchilar qisqa muddat ichida liftda qolib ketgan qizaloqni qutqarib olishgan.
FVV ko‘p qavatli uylardagi liftdan foydalanishda hushyor bo‘lish, texnik xavfsizliklar qoidalariga amal qilish, ayniqsa, kichik yoshdagi bolalarni qarovsiz qoldirmaslik kerakligi haqida ogohlantiradi.
Eslatib o‘tamiz, 1050 tezkor raqamiga chaqirilgan qutqaruvchilar xizmati uchun fuqarolar tomonidan pul to‘lanmaydi.
Mavzuga oid
17:03 / 23.05.2026
Termizda quruvchiga 217 tup daraxtni kesib tashlashda yordamlashgan sobiq mansabdor jazoga tortildi
09:10 / 19.05.2026
Lift xavfsizligini baholash tizimi uchun yangi tartib joriy etilmoqda
08:34 / 16.04.2026
Surxondaryoda mansabdorning pul talab qilish rejasi fosh etildi
14:30 / 18.03.2026