Toshkent viloyatida koronavirusga qarshi kurashayotgan shifokorlarni rag‘batlantirishga salkam 15 mlrd so‘m sarflangani ma'lum qilindi
Toshkent viloyatida koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashda ishtirok etayotgan shifokorlarni moddiy rag‘batlantirish uchun hozirgacha 15 milliard 900 million so‘m mablag‘ sarflangan. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.
«Ayni paytga qadar viloyatda koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashda ishtirok etayotgan shifokorlarni moddiy rag‘batlantirishga jami 15 milliard 900 million so‘m mablag‘ sarflandi.
4 ming 829 nafar tibbiyot xodimining oylik maoshiga qo‘shimcha 6 foiz moddiy rag‘batlantirish ajratildi. Bu maqsadda jami 9 milliard 200 million so‘m mablag‘ yo‘naltirilgan.
Koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolashda qatnashgan 333 nafar shifokorlar 14 kunlik faoliyati uchun jami 6 milliard 700 million so‘m miqdorida moddiy rag‘batlantirilgan», deyiladi hokimlik xabarida.
Chirchiqdagi viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasi yopilgani yolg‘on – Toshkent viloyati hokimligi
Viloyat hokimligining axborot xizmati viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasining tibbiy xodimlari nima uchun rag‘batlantirilmayotgani haqidagi gap-so‘zlarga ham munosabat bildirgan.
«Shifoxonaning tibbiy xodimlarning karantin sharoitidagi mehnat faoliyatini baholashda, ularni rag‘batlantirishda mavjud huquqiy hujjatlarga rioya etilmagani, karantinga olinganlar, koronavirus infeksiyasi bilan og‘rigan bemorlarni davolashda ishtiroki munosib baholanmayotgani mazmunidagi ijtimoiy tarmoqlarga bayonot berishgan.
Viloyat moliya bosh boshqarmasi, sog‘liqni saqlash boshqarmasi ushbu holatlar bo‘yicha bir necha marta shifoxona xodimlari bilan uchrashishgan, mavjud qonunchilik bo‘yicha belgilangan me'yorlar tushuntirilgan. Ya'ni, Toshkent viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasi bemorlarni davolash bilan shug‘ullanmagani, karantinga olingan fuqarolarni laborator tahlillarni olish, infeksiya aniqlangan bemorlarni maxsus shifoxonalarga yo‘llanma asosida yuborishda qatnashganlar. Bu holatda ular to‘liq siklda 14 kun davomida bemorlarni davolashda ishtirok etmagani inobatga olinadi va moddiy rag‘batlantirish tartibi shu jihatga asosan, bevosita bemorlarni davolashda qatnashgan shifokorlar bilan bir xil bo‘lmaydi.
Albatta, karantin tartiblari yanada kuchaytirilgan, bemorlar soni oshib borayotgan hozirgi paytda shifokorlar bilan bunday tushunmovchilik yuzaga kelayotgani yoqimsiz holat. Lekin, hech kim, hech bir tashkilot va idora O‘zbekiston Prezidentining «Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashishga jalb qilingan tibbiyot va sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlarini qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori hamda Respublika maxsus komissiyasining qarorida belgilangan me'yorlarni o‘zgartirgan holda qo‘shimcha rag‘batlantirishni amalga oshirishga haqli emas», deyiladi rasmiy bayonotda.
Mavzuga oid
10:54 / 20.08.2022
Yakka tartibdagi oilaviy shifokorlik faoliyatini yuritish talablari e’lon qilindi
22:35 / 29.07.2022
Navoiyda ayol “ukol”dan keyin vafot etdi. Ish bosdi-bosdi qilib yuborilgan
11:31 / 27.07.2022
Andijonda shifokor qabuliga pichoqlar va shurup qotirish uskunasi bilan kelgan shaxs ushlandi
11:59 / 08.07.2022