Özbekiston prezidenti “Qoraqalpoğiston Respublikasida 2022–2024 yillarda aholi salomatligini muhofaza qilişni yanada kuçaytiriş töğrisida” qaror imzoladi.

“Nigoh” Telegram-kanali xabariga köra, qarorga asosan Qoraqalpoğistonda quyidagilar taşkil etiladi:

  • surunkali kasalligi va nogironligi mavjud bölgan bolalar uçun 120 örinli Bolalar tibbiy reabilitatsiya markazi;
  • 80 örinli Bolalar ftiziatriya sanatoriysi;
  • Nukus şahar tibbiyot birlaşmasi tarkibida 20 örinli xirurgiya bölimi;
  • Qoraqalpoğiston Respublikasi köp tarmoqli tibbiyot markazining xirurgiya bölimi negizida akademik V. Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslaştirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Nukus filiali;
  • Nukus şahar tibbiyot birlaşmasi tarkibida mavjud örinlar doirasida umidsiz oğir bemorlar uçun 20 örinli palliativ yordam körsatadigan bölim (hospis).

Şuningdek, soğliqni saqlaş vazirining Orolböyi mintaqasida tibbiy xizmat böyiça örinbosari lavozimi joriy etildi.

2022 yil 1 iyuldan leprozoriylarda işlaydigan barça xodimlarning lavozim maoşiga 50 foiz miqdorida ustama belgilanadi.

Eslatib ötamiz, prezident şu hafta Nukusda texnopark taşkil etilişi böyiça ham qaror imzoladi.