Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin Xabarovskning hibsga olingan gubernatori o‘rniga yangi rahbar tayinladi
Sergey Furgal o‘rniga 39 yoshli Mixail Degtyaryov Xabarovsk o‘lkasi gubernatorligini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi.
Rossiya liberal demokratik partiyasi deputati, Moskva merligiga sobiq nomzod Mixail Degtyaryov Xabarovsk o‘lkasi gubernatorligini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi. Mamlakat prezidenti Vladimir Putin bu haqda tegishli farmoyish imzoladi.
Hujjatda ko‘rsatilishicha, hududning hibsga olingan gubernatori Sergey Furgal ishonchni yo‘qotganligi uchun lavozimidan chetlatilgan.
Putin videoanjuman ko‘rinishida o‘tgan suhbat chog‘ida unga ushbu lavozimni taklif qilgan. Degtyaryov Xabarovsk o‘lkasiga zudlik bilan uchib ketishga tayyorligini bildirgan.
Iyul o‘rtalarida Dumaning ekologiya va atrof-muhitni himoya qilish bo‘yicha qo‘mitasi raisi o‘rinbosari, LDPR deputati Kirill Cherkasov Degtyaryovni Furgal o‘rniga tayinlanuvchilar qatoriga kiritgandi. Ehtimoliy nomzodlar orasida undan tashqari Dumaning iqtisodiyot va tadbirkorlik bo‘yicha qo‘mitasi raisi Sergey Jigarev va LDPR deputati Andrey Andreychenkolar bor edi.
Mixail Degtyaryov 39 yoshda. 2011 yildan buyon LDPRdan davlat Dumasiga deputat hisoblanadi. Degtyaryov shov-shuvli tashabbuslar muallifi sifatida tanilgan. Xususan, u 2013 yilda Rossiyada dollarni taqiqlashni taklif qilgandi (qonun loyihasini keyinchalik qaytarib olgan). Besh yildan keyin esa AQShning Moskvadagi elchixonasi pochta manzilini Shimoliy Amerika boshi brek ko‘chasi, 1-uy deb o‘zgartirishni taklif qilgan.
Degtyaryov Moskva merligiga saylovlarda ikki marta qatnashgan. 2013 yilda atigi 2,86 foiz ovoz olgan. 2018 yilgi saylovlarda esa 6 foiz ovoz olgan.
Xabarovskning endilikda sobiq gubernatori Sergey Furgal 9 iyul kuni qo‘lga olindi. Unga qotillikka urinish va 2004-2005 yillarda tadbirkorlarning o‘ldirilishini tashkillashtirish ayblovlari qo‘yilgan.
Gubernator qo‘lga olingan kundan Xabarovskda uni qo‘llab-quvvatlovchi namoyishlar boshlanib ketdi. O‘n kundan buyon davom etayotgan namoyishlarda o‘n minglab kishilar qatnashmoqda, ular Furgalning ozod etilishini talab qilmoqda.
Mavzuga oid
09:47 / 09.03.2026
Xabarovskdagi 75 nafar o‘zbekistonlik mahbus bilan suhbat o‘tkazildi
19:45 / 05.01.2026
“Vaziyat yaxshilanishiga ishonish – fantastika”: faollar Xabarovskda o‘lgan migrant voqeasi haqida
23:08 / 03.01.2026
Rossiyada migrantlar yana kaltaklandi. Bir o‘zbekistonlik vafot etdi
10:57 / 03.01.2026