Dastlabki hisob-kitoblarga köra, 2020 yilning I yarim yilligi uçun tölov balansining joriy operatsiyalar hisobi defitsiti 2019 yilning I yarim yilligiga nisbatan 14 foizga ortib, 2 mlrd. dollarni taşkil qildi.
Jahon bozorlarida energiya resurslari narxining tuşişi, şuningdek koronavirus pandemiyasi ortidan jahon iqtisodiyoti ösiş sur'atlarining sekinlaşişi tovarlar va xizmatlar eksporti hajmiga öz ta'sirini körsatib, 2019 yilning mos davriga (7,8 mlrd. dollar) nisbatan 1,8 mlrd. dollarga qisqarib, 6,0 mlrd. dollarga teng böldi.
Eksport tarkibida quyidagi tovar guruhlari salmoqli uluşga ega:
qimmatbaho metallar (42 foiz);
töqimaçilik va töqimaçilik buyumlari (18 foiz);
kelib çiqişi ösimlikka mansub mahsulotlar (10 foiz).
Tovarlar va xizmatlar importi ötgan yilning mos davriga (12,5 mlrd. dollar) nisbatan 2,1 mlrd. dollarga qisqarib, 10,4 mlrd. dollarni taşkil etdi.
Import tarkibida quyidagi tovar guruhlari salmoqli uluşga ega:
maşina va uskunalar (31 foiz);
metallar va undan tayyorlangan mahsulotlar (12 foiz);
kimyo sanoati mahsulotlari (11 foiz);
transport vositalari (11 foiz).
Savdo balansining manfiy saldosi 2019 yil I yarim yilligiga nisbatan 6 foizga yaxşilanib, 4,3 mlrd. dollarni taşkil etdi.
Birlamçi daromadlar va transfertlarning ijobiy saldosi jismoniy şaxslarning xalqaro qatnovi sezilarli qisqargani va rezidentlarga xorijdan kelgan transçegaraviy pul ötkazmalarining ötgan yilning mos davriga nisbatan özgarişsiz qolganligi holatida 19 foizga kamaydi.
Öz navbatida, norezidentlarning investitsion daromadlari (qarzlar va xorijiy investitsiyalar böyiça) 829 mln. dollarni taşkil etdi.
Tölov balansi – ma'lum bir vaqt mobaynida (çorak, yarim yil, bir yil va h.k.) bir mamlakat va unda röyxatdan ötgan korxonalar, jismoniy şaxslar va davlat idoralarining boşqa mamlakatlardagi korxonalar, jismoniy şaxslar va davlat idoralari bilan amalga oşirgan barça iqtisodiy operatsiyalarini özida aks ettiruvçi statistik hisobotdir. Masalan, tovar va xizmatlarni eksport yoki import qiliş, boşqa bir davlatga kredit beriş yoki jalb etiş, kredit böyiça tölovlarni amalga oşiriş, xalqaro pul ötkazmalari, qimmatli qoğozlar böyiça xalqaro savdolar va boşqalar şular jumlasidandir. Uşbu hisobot mamlakat taşqi iqtisodiy holatini tahlil qiliş va unga oid pul-kredit, valuta siyosati kabi makroiqtisodiy siyosatni amalga oşiriş uçun muhim statistik asos vazifasini ötaydi.













