Markaziy bank boşqaruvi qarori bilan tasdiqlangan Özbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan banklar va ularning filiallarida inspeksiya (tekşiriş) ötkaziş tartibi töğrisidagi nizomga özgartirişlar kiritiladi.

Unga köra, nizom «Özbekiston Respublikasining Markaziy banki töğrisida»gi va «Banklar va bank faoliyati töğrisida»gi qonunlariga muvofiq Markaziy bank tomonidan banklar va ularning filiallarida inspeksiya (tekşiruv) ötkaziş tartibini belgilaydi.

Banklar va ularning filiallari faoliyatiga xos tavakkalçilikni baholaş, iqtisodiy normativlarga rioya qilinişi, ularga belgilangan me’yorlarning töğri hisoblanişi ahvolini tekşiriş amalga oşiriladi. Bunda taşqi omillarning bank moliyaviy holatiga ta’siri aniqlanadi hamda bank kapitali, aktivlari sifati, boşqaruvi, daromadlari hamda likvidliligi tekşiriladi.

Kompleks inspeksiya qiliş (tekşiriş)lar yoki alohida masalalar yuzasidan inspeksiya qiliş (tekşiriş)lar davomida aniqlangan xato va kamçiliklarning banklar va ularning filiallari tomonidan bartaraf etilişi ustidan nazorat tartibida tekşiriş masofadan nazorat qiliş natijalaridan kelib çiqib, Markaziy bank Bank nazorati qömitasi qaroriga asosan ötkazilişi mumkin.