O‘zbekiston | 23:59 / 22.07.2020
33632
5 daqiqa o‘qiladi

Bir kunda uch o‘lim qayd etildi va jami holatlar soni 100ga yaqinlashdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi 22 iyul kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalinish oqibatida ro‘y bergan 3 o‘lim holati haqida xabar berdi. Qatorasiga 7 kun davomida 4tadan o‘lim qayd etilgach, ilk marta o‘lim holatlari soni kamaydi.

Bugun Qoraqalpog‘istonda 1, Surxondaryo viloyatida 1 va Toshkent shahrida 1 o‘lim holati qayd etildi.

Birinchi o‘lim. 3 iyul kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan nukuslik 42 yoshli bemor o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etdi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida yashovchi 42 yoshli B.D.da (erkak) joriy yil 3 iyul kuni Covid-19 infeksiyasi tasdiqlangan va Qoraqalpog‘iston Respublikasi yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan.
 
Unga Covid-19 infeksiyasi o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Xastalik o‘tkir nafas yetishmovchiligi, o‘tkir respirator distress sindromi, o‘tkir yurak qon-tomir yetishmovchiligi, poliorgan yetishmovchiligi, semizlik 2-darajasi asoratlari bilan kechgan.
 
Shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin og‘irlashib, o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etgan. 

Ikkinchi o‘lim. 18 iyul kuni Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasiga yotqizilgan 80 yoshli bemor o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etdi.

Toshkent shahri Yakkasaroy tumanida yashagan 80 yoshli V.X. (ayol)da joriy yil 18 iyul kuni Covid-19 tasdiqlangan va u Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasi reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan. 

Unga Covid-19 infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Xastalik o‘tkir nafas yetishmovchiligi, o‘tkir respirator distress sindromi, o‘tkir yurak qon-tomir yetishmovchiligi asoratlari bilan kechgan.

Shuningdek, bemor yurak ishemik kasalligi, stenokardiya hamda gipertoniya kabi hamroh kasalliklar bilan ham og‘rigan.

Shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin og‘irlashib, o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etgan.

Uchinchi o‘lim. 12 iyul kuni Surxondaryo viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markaziga yotqizilgan termizlik 40 yoshli bemor o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligi hamda o‘pka shishidan vafot etdi.

Surxondaryo viloyati Termiz shahrida yashagan 40 yoshli T.X. (erkak)da 12 iyul kuni Covid-19 tasdiqlangan va u viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan.

Unga Covid-19 infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Xastalik o‘tkir nafas yetishmovchiligi, o‘tkir respirator distress sindromi, o‘tkir yurak qon-tomir yetishmovchiligi, poliorgan yetishmovchiligi asoratlari bilan kechgan.

Shuningdek, bemor gipertoniya hamroh kasalligi bilan ham og‘rigan.

Shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin og‘irlashib, o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligi, terminal o‘pka shishidan vafot etgan.

Vazirlik bu bemorlarning barchasiga mutaxassislar tomonidan onlayn konsultatsiya va konsiliumlar o‘tkazilgani, davolash jarayoni belgilangan standartlar asosida olib borilganini qayd etgan.

Endilikda O‘zbekistonda koronavirus qurbonlari soni rasman 98taga yetdi. Shu vaqtgacha Toshkent shahrida 57, Toshkent viloyatida 10, Surxondaryo viloyatida 6, Buxoro va Namangan viloyatlarida 4, Jizzax, Navoiy, Samarqand viloyatlarida 3, Qashqadaryo viloyatida va Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2, Sirdaryo, Farg‘ona, Xorazm va Andijonda bittadan o‘lim qayd etildi.

22 iyul kuni Qoraqalpog‘istonning sobiq prokurori Xakimbay Xalimov 66 yoshida vafot etgani xabar qilindi. Avvalroq u koronavirusga chalingani ma'lum bo‘lgandi. SSV hozircha bu o‘lim holatini o‘z statistikasida qayd etmadi.

Shuningdek, Chilonzor tumani sobiq hokimi, «Suvsoz» rahbari Tohir Mirhidoyatov 60 yoshida vafot etgani ma'lum bo‘ldi. Uning o‘limi sababi ma'lummas.

Mavzuga oid