«Bu yuz foiz mish-mish» - O‘zbekistonda koronavirus emas, o‘lat tarqalgani haqidagi gaplar rad etildi
O‘zbekistonda koronavirus emas, balki o‘lat tarqalgani haqidagi mish-mishlar mutlaqo asossiz, deb ma'lum qildi mamlakatning bosh infeksionisti Erkin Musaboyev.
So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlar, xususan Telegram messenjeridagi ko‘plab guruhlarda O‘zbekistonda COVID-19 kasalligi emas, o‘lat avj olayotgani haqida gap-so‘zlar tarqaldi. O‘zbekistonning bosh infeksionisti Erkin Musaboyevning so‘zlariga ko‘ra, bu xabarlar butkul asossiz.
Musaboyevning aytishicha, mamlakatda o‘latga chalinish bilan bog‘liq so‘nggi holat 1996 yilda qayd etilgan bo‘lib, shundan buyon biror marta kuzatilmagan.
«O‘lat (chuma) juda qo‘rqinchli holat hisoblanadi. Bir necha asrlar avval kuzatilgan bu kasallik juda ko‘p o‘limlarga olib kelgan. O‘lat – antroponoz kasallik, ya'ni uning tarqalishi uchun tabiiy o‘choq kerak. Bu tabiiy o‘choq cho‘l zonalarida bo‘lishi mumkin. Uning tarqatuvchilari kemiruvchilar – kalamush, burga kabilar bo‘ladi. Ular mikrob tarqatib, odamlarga ham yuqtiradi.
O‘zbekistonda kemiruvchilarni nazorat qiluvchi karantin stansiyalari mavjud. Kemiruvchilar ko‘payib ketgan taqdirda, ularni tekshirishadi va kamaytirishadi.
O‘zbekistonda odamlarda 1996 yilda o‘lat kuzatilgan, shundan beri o‘tgan 24 yil ichida kuzatilgani yo‘q. O‘latning o‘chog‘i cho‘l zonasida. Koronavirus esa ko‘rib turganimizdek, shahar zonalarida – aholi konsentratsiyasi yuqori bo‘lgan hududlarda keng tarqalmoqda», – dedi Sog‘liqni saqlash vazirligi rasmiysi 22 iyul kuni «Tez yordam» dasturida.
Tavsiya etamiz
“O‘rgimchak to‘ri”: Ukraina qo‘lidagi kartalardan birini ochdi
Jahon | 21:12 / 04.06.2025
Dunyoda faqat bir mamlakat o‘zini oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlashi ma’lum bo‘ldi
Jahon | 18:47 / 04.06.2025
Islandiya sobiq prezidenti milliy bog‘ga gid bo‘lib ishga joylashdi
Jahon | 21:25 / 03.06.2025
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«U aqldan ozdi». Tramp va Mask tortishuvi yangi darajaga chiqdi - onlayn jang real vaqtda davom etmoqda
Jahon | 02:05
-
Balida sig‘imi 1 litrdan kichik suv idishlarni ishlab chiqarish taqiqlandi
Jahon | 01:03
-
Prezident Kapadzega qo‘ng‘iroq qilib, futbolchilarni mundial yo‘llanmasi bilan tabrikladi - video
Sport | 00:48
-
Qozog‘iston uzra noma’lum obektlar. Mudofaa vazirligi bayonot berdi
Jahon | 00:15
Mavzuga oid

08:30 / 07.08.2020
Xitoyda o‘latdan bir kishi vafot etgandan keyin karantin kiritildi

23:42 / 12.10.2018
Fransiya Belgiya bilan chegarada to‘siq quradi

17:55 / 27.10.2017
JSST: Madagaskarda uch oy ichida o‘latdan 120 kishi vafot etdi

18:20 / 26.10.2017