2018 yilda Rossiyaning Xabarovsk ölkasi gubernatorligiga ötkazilgan mahalliy saylovlarda 70 foizga yaqin ovoz töplab saylangan Sergey Furgal 10 iyul kuni 15 yil oldingi qotilliklarda ayblanib, hibsga olingandi. Bu esa ölkada kuçli noroziliklarni keltirib çiqardi.

Boz ustiga, RF prezidenti Vladimir Putin ham uni «işonçni yöqotgani uçun» tamğasi ostida lavozimidan ozod etdi. Şunaqasi ham mumkinmi? Meduza bu borada eng köp berilayotgan savollarga javob töplab çiqdi.

Özi nima böldi?

Vladimir Putin 2000-yillar örtasida bir neça qotilliklarni uyuştirganlikda gumonlanib, hibsga olingan Xabarovsk ölkasi gubernatori Surgey Furgalni «işonçni yöqotgani» munosabati bilan lavozimidan ozod etdi. RLDP a'zosi bölmiş Furgal umumxalq saylovlarida ğolib çiqqandi: 2018 yilning 23 sentyabrida saylovlarning ikkinçi turida saylovçilarning qariyb 70 foizi uni qöllab ovoz bergan. U «hukumat nomzodi» — ölkaning amaldagi gubernatori, «Yedinaya Rossiya» partiyasi a'zosi Vyaçeslav Şportni yenggandi.

Qariyb ikki haftadan buyon Xabarovskda mahalliy aholi tomonidan hibsga olingan Furgal himoyasiga norozilik aksiyalari ötkazilmoqda.

Xabarovsk Foto: Reuters

Prezident saylangan gubernatorni işdan ololadimi?

Ha. Furgalgaça Putin va Medvedev (u ham prezidentligida) umumiy hisobda 11 gubernatorni işdan olişgan. «RF sub'yektlaridagi qonun çiqaruvçi (vakillik) va ijro etuvçi davlat hokimiyati organlarini taşkil etişning umumiy prinsiplari töğrisida»gi federal qonunning 19-moddasiga köra davlat rahbariga şunday huquq berilgan. Faqat ma'lum bir holatlarda — vazifalarini munosib tarzda (sidqidildan) bajarmaganida yoki işonçni yöqotganda. «Vazifalarini munosib tarzda bajarmaganlik» nima ekaniga qonunda oydinlik kiritilmagan, lekin «işonçni yöqotganlik» nimaligi tuşuntirilgan. Unga köra: