O‘zbekiston | 00:24 / 23.07.2020
58603
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda kunlik tuzalish holatlari soni bo‘yicha yangi rekord qayd etildi

Sog‘liqni saqlash vazirligi bugun O‘zbekistonda jami 351 bemor kasallikdan sog‘ayib, bu borada yangi rekord qayd etilgani haqida xabar berdi.

Bugun Toshkent, Andijon, Namangan, Qashqadaryo, Surxondaryo, Farg‘ona, Sirdaryo, Qoraqalpog‘iston va Jizzaxda bemorlarning navbatdagi guruhlari sog‘aygan va shu vaqtgacha kasallikdan tuzalganlarning jami soni 10 mingga yaqinlashgan.

  • Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalarida 102 nafar;
  • Andijon viloyatida 112 nafar;
  • Namangan viloyatida 61 nafar;
  • Qashqadaryo viloyatida 31 nafar;
  • Surxondaryo viloyatida 15 nafar;
  • Farg‘ona viloyatida 14 nafar;
  • Sirdaryo viloyatida 9 nafar;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 4 nafar;
  • Jizzax viloyatida 3 nafar.

«Shunday qilib yurtimizda 9 872 (+351) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (53 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 8 409 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda», deyiladi vazirlik xabarida.

Eslatib o‘tamiz, bundan oldingi rekord ko‘rsatkich joriy yilning 14 iyul kuni qayd etilgan bo‘lib, o‘shanda 297 nafar bemor tuzalgan edi.

Mavzuga oid