Musa Yerniyazovning vafoti haqida xabar tarqaldi, SSV buni rad etdi

25 iyul kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga ko‘p yillardan buyon raislik qilib kelayotgan Musa Tajyetdinovich Yerniyazovning o‘limi to‘g‘risida xabarlar tarqaldi.
Tez orada bu xabarlarning dastlabki manbasi sifatida ko‘rsatilgan repost.uz sayti ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida sayt xakerlar hujumiga uchraganini ma'lum qildi va raisning 20 iyul kuni vafot etgani haqidagi bu xabar rad etildi.
Kun.uz muxbiri vaziyatga aniqlik kiritish uchun Sog‘liqni saqlash vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi rahbari Furqat Sanayev bilan bog‘landi.
– Bu xabar haqiqatga mutlaqo zid. Musa Tajyetdinovich hayot va ayni paytda davolanmoqda. Yetakchi mutaxassislar u kishining sog‘ligi tiklanishi uchun kurashishyapti, uzluksiz konsiliumlar o‘tkazilyapti. Asossiz xabar tarqatishning javobgarligi borligini unutmaslik lozim, – dedi Sanayev.
Eslatib o‘tamiz, 73 yoshli Musa Yerniyazov Nukusda koronavirusdan davolanayotgani o‘tgan shanbada, 18 iyul kuni ma'lum bo‘lgan edi.
Shu kuni Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov ham COVID-19`ga chalinib, Toshkentda davolanayotgani xabar qilingandi. Kuni kecha Bobolovning o‘limi haqida asossiz xabar tarqalgach, hokim videomurojaat bilan chiqib, ahvoli ancha yaxshi ekanigi aytdi. Tez orada mish-mish tarqatgan shaxs aniqlanib, jarimaga tortildi va telefoni musodara qilindi.
Tavsiya etamiz
Chigirtkalar bosqini: Bu ham iqlim bilan bog‘liq muammomi?
O‘zbekiston | 15:49 / 14.05.2025
«Eng kambag‘al prezident» Xose Muxika vafot etdi
Jahon | 08:03 / 14.05.2025
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
So‘nggi yangiliklar
Mavzuga oid

12:07
Hududlarda mikrosanoat markazlari tashkil etiladi

14:25 / 30.04.2025
To‘rtko‘l tumaniga yangi hokim tayinlandi

07:33 / 26.04.2025
Nukusda insult bo‘lib, uyida qamalib qolgan fuqaro qutqarildi

08:14 / 11.04.2025