O‘zbekiston | 23:58 / 26.07.2020
32815
7 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda yana bir homilador ayol vafot etdi. Jami o‘limlar soni 116taga yetdi

Bugun Toshkent shahrida 2, Buxoro, Jizzax va Toshkent viloyatlarida bittadan o‘lim qayd etildi. Marhumlardan biri homilador ayol bo‘lgan.

Bugun Toshkent shahrida 2, Buxoro, Jizzax va Toshkent viloyatlarida bittadan o‘lim qayd etildi. Marhumlardan biri homilador ayol bo‘lgan.

Birinchi o‘lim. Buxoroda 3 iyul kuni koronavirus aniqlangan 57 yoshli erkak o‘tkir respirator distress sindromi va nafas yetishmovchiligidan vafot etdi.
 
Buxoro viloyati Buxoro shahrida yashagan 57 yoshli Z.E.da (erkak) joriy yil 3 iyul kuni Covid-19 infeksiyasi tasdiqlangan va viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan. 
 
Unga Covid-19 infeksiyasi o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Xastalik o‘tkir nafas yetishmovchiligi, o‘pka arteriyalari tromboemboliyasi asorati bilan kechgan. 

Shuningdek, parkinsonizm kasalligi bilan ham og‘rigan. Shifoxonada bemorning davolanishi davomida shifokorlar tomonidan onlayn konsultatsiya va konsiliumlar qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan. 
 
Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin og‘irlashib, o‘tkir respirator distress sindromi va o‘tkir nafas yetishmovchiligidan vafot etgan.

Ikkinchi o‘lim. Bekobodda 8 iyul kuni koronavirusga chalingani ma'lum bo‘lgan, 16 iyul kuni shifoxonaga yotqizilgan 50 yoshli erkak vafot etdi.

Toshkent viloyati Bekobod shahrida yashagan 50 yoshli Z.R. (erkak)da joriy yil 8 iyul kunidan boshlab tana harorati ko‘tarilib, nafas yetishmovchiligi, yo‘tal bilan uyida ambulator sharoitida davolanib yurgan. 16 iyul kuni esa og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan.

Covid-19 infeksiyasi tasdiqlangach, reanimatsiya bo‘limiga o‘tkazilgan. Unga Covid-19 infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. 

Xastalik o‘tkir respirator distress sindromi, o‘tkir nafas yetishmovchiligi asorati bilan kechgan.

Shifoxonada bemorning davolanishi davomida shifokorlar tomonidan konsultatsiyalar qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan. 

Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin og‘irlashib, o‘tkir respirator distress sindromi, o‘tkir nafas yetishmovchiligidan vafot etgan.

Uchinchi o‘lim. Toshkentda 4 iyul kuni koronavirusga chalingani ma'lum bo‘lgan, 11 iyul kuni shifoxonaga yotqizilgan 67 yoshli erkak o‘tkir respirator distress sindromi va nafas yetishmovchiligidan vafot etdi.

Toshkent shahri Shayxontohur tumanida yashagan 67 yoshli T.Z. (erkak)da joriy yil 4 iyul kunidan holsizlik, tana haroratining ko‘tarilishi, yurak tez urishi hamda ko‘krak sohasida og‘riq qo‘shilishiga qaramay uy sharoitida davolangan. 11 iyul kuni hansirash, nafas siqishi, oyoq-qo‘l sovushi paydo bo‘lgandan so‘ng Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasiga olib kelinib, reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan. 

Unga Covid-19 infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Xastalik o‘tkir respirator distress sindrom, o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligi, poliorgan yetishmovchiligi asoratlari bilan kechgan. 

Shifoxonada bemorning davolanishi davomida shifokorlar tomonidan onlayn konsultatsiya va konsiliumlar qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan. 

Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin og‘irlashib, o‘tkir respirator distress sindrom, o‘tkir nafas yetishmovchiligidan vafot etgan.

To‘rtinchi o‘lim. Jizzaxda koronavirusga chalingan 64 yoshli bemor o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etdi.

Jizzax viloyati Baxmal tumanida yashagan 64 yoshli B.Sh. (erkak)da Covid-19  tasdiqlangach, viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan.

Shifoxonada unga Covid-19 infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Kasallik o‘tkir nafas yetishmovchiligi, poliorgan yetishmovchilik asorati bilan kechgan.

Shuningdek bemorda yurak ishemik kasalligi, zo‘riqish stenokardiyasi, gipertoniya, qandli diabet, semizlikning 3-darajasi kabi hamroh kasalliklar ham bo‘lgan.

Bemorning ahvoli keskin og‘irlashgan va yurak-qon tomir yetishmovchiligi, saturatsiya ko‘rsatkichi pasayib borishi, nafas olishining qiyinlashuvi bo‘yicha mutaxassislar tomonidan o‘tkazilgan reanimatsion choralarga qaramay o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etgan.

Beshinchi o‘lim. Toshkent shahrida 32 yoshli homilador ayol o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligi hamda o‘pka shishidan vafot etdi.

Toshkent shahar Sergeli tumanida yashagan 32 yoshli D.I. (ayol)da 2 iyuldan holsizlik, isitma 38 darajagacha ko‘tarilishi, yo‘tal boshlangan va 6 iyul kuni u «Bebimed» xususiy klinikasiga murojaat qilgan. 9 iyulga qadar uy sharoitida davolangan. 

9 iyuldan boshlab shahar 7-son tug‘ruq kompleksida «29 haftalik 5-homiladorlik, 4-tug‘ruq, ikki tomonlama pnevmoniya, semizlikning 2-darajasi, kamqonlik» tashxisi bilan statsionar sharoitida davolangan.

Unda Covid-19 tasdiqlangandan so‘ng esa 17 iyul kuni shahar 3-son tug‘ruq kompleksiga o‘ta og‘ir ahvolda o‘tkazilgan. U yerda unga Covid-19 infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Kasallik o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligi asorati bilan kechgan. 

Bemorda 30 haftalik homiladorlik, shuningdek, asoratlangan akusherlik anamnezi, homilaning antenatal o‘limi, qandli diabet va semizlikning 2-darajasi bo‘lgan. 

Bemorning asosiy kasallik asoratlari hisobiga ahvoli keskin og‘irlashib, mutaxassislar tomonidan standart asosida o‘tkazilgan reanimatsion choralarga qaramay u o‘tkir respirator distress sindromi, o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligi, o‘pka shishi, poliorgan yetishmovchilikdan vafot etgan.

Bungacha 24 iyul kuni Qashqadaryoda, 25 iyul kuni Toshkentda bir nafardan homilador ayol o‘limi qayd etilgandi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid