Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh yalpi ichki mahsuloti rekord darajada pasaydi
Koronavirus pandemiyasi sharoitida 2020 yilning 2-choragida AQSh yalpi ichki mahsuloti (YaIM) yillik ifodada 32,9 foizga qisqardi. Bu haqda AQSh savdo vazirligi ma'lum qildi.
Ta'kidlanishicha, AQSh iqtisodiyoti bunday pasayishni 1947 yildan beri ko‘rmagan va bu AQSh yalpi ichki mahsuloti uchun antirekord hisoblanadi.
Avvalroq Reuters tahlilchilari bu ko‘rsatkich 34,1 foizni tashkil qilishini prognoz qilishgan.
Ma'lumotlarga ko‘ra, AQSh YaIMi 1-chorakda 5 foizga pasaygandi. 2019 yilning 1-choragida YaIM 2,9 foizga o‘sgan, 2-choragida esa 1,5 foizni tashkil qilgan.
AQSh savdo vazirligida ta'kidlanishicha, 2-chorak uchun ko‘rsatkichlar pandemiyaning mamlakat iqtisodiyotiga ko‘rsatgan ta'sirini to‘liq akslantirmaydi. AQShdagi iqtisodiy vaziyatning aniqroq tahlili vazirlik tomonidan bir oydan keyin e'lon qilinadi.
Ta'kidlanishicha, ayni vaqtda AQSh hukumati pandemiyadan jabr ko‘rgan aholi va iqtisodiyotga navbatdagi yordam paketini tayyorlamoqda. Ushbu paket 1 trln dollarga baholanmoqda. Umumiy hisobda AQSh iqtisodiyotini qo‘llab-quvvatlashga pandemiya boshidan beri 2,9 trln dollardan ko‘proq mablag‘ ajratilgan.
Mavzuga oid
18:30 / 02.07.2026
AQSh 50 yillik taqiqdan so‘ng tovushdan tez uchuvchi samolyotlar parvoziga ruxsat beradi
19:37 / 01.07.2026
Tramp Oq uyga qaytgach kamida $2 mlrd daromad ko‘rdi. Asosiy boylik – kriptovalutalardan
09:15 / 01.07.2026
AQSh NIS uchun vaqtinchalik litsenziya muddatini yana 30 kunga uzaytirdi
21:14 / 30.06.2026