Koronavirusdan vafot etganlarning jasadini berish tartibi o‘zgarishi kutilmoqda
O‘zbekistonda koronavirusdan vafot etganlarning jasadini marhumning yaqinlariga berish tartibi o‘zgarishi kutilmoqda. Bu haqda Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a'zosi Anvar Alimov ma'lum qildi.

Foto: Stanislav Krasilnikov/TASS
«Koronavirus Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan ikkinchi guruh – o‘ta xavfli infeksiyalar guruhiga kiritilgan. Bu holatda koronavirusdan o‘lgan murda ham kasallikni chaqirish imkoniyatiga ega deb qaraladi. Shu bois jasadlar patalogoanomatik ko‘rsatmalar asosida yuvilib, o‘rab, to‘g‘ridan to‘g‘ri ko‘mishga olib borilayotgan edi.
Kuni kecha mutaxassislar ishtirokida o‘tkazilgan katta yig‘ilishda bu tartibga o‘zgartirish kiritish masalasi ko‘rib chiqildi. Respublika patalogoanatomiya markazi olib borgan o‘rganishlar bo‘yicha taklif berildi – bemor vafot etgandan keyin ikki soat o‘tgach, virus jasadda o‘z kuchini yo‘qotadi. Shu nuqtayi nazardan, jasad ikki soat saqlangandan keyin uni qarindoshlariga berib yuborishga ruxsat berish taklifi ilgari surilyapti», – deya Alimovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Shtab a'zosi Habibullo Oqilovning ma'lum qilishicha, bu taklif hozirda respublika maxsus komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqilmoqda.
«Xitoyda, Koreyada, Yaponiyada hozirgacha koronavirusdan o‘lgan bemor tanasini dezinfeksiya qilib, ikkita germetik paketga solib, qarindoshlariga bermay, to‘g‘ri krematoriyga yuborish amaliyoti saqlanib turibdi. Bizda hozirgacha jasadni yuvish, kafanlash – barcha rasm-rusumlarni patalogoanatomiya byurosida bajarib, dafn marosimi SES xodimi va yaqin qarindoshlar ishtirokida o‘tkazilayotgan edi.
O‘rganishlarimizga asosan, virus faqatgina tirik hujayrada yashab, jasadda 2 soatdan keyin yuqish kuchini yo‘qotishi yoki juda pasayishini inobatga olgan holda tartibga o‘zgartirish kiritiladi – yuvish va kafanlash byuroda o‘tkaziladi, keyin jasad qarindoshlarga beriladi. Janoza 5-10 nafardan ko‘p bo‘lmagan eng yaqin qarindoshlar ishtirokida mozorboshida o‘qiladi», – dedi Oqilov.
Tavsiya etamiz
Toshkentda endi avtomobilni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish mumkin
O‘zbekiston | 20:34 / 24.04.2025
Bojxonadagi cheklovlar: fuqaro bojni to‘lay olmasa, nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 22:43 / 23.04.2025
Londonda tinchlik muzokaralari barbod bo‘ldi
Jahon | 21:29 / 23.04.2025
Xitoy Oyda AES qurish rejasini tasdiqladi
Jahon | 17:06 / 23.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yaponiyada salkam 30 yil avtobus boshqargan haydovchi 7 dollar o‘g‘irlagani uchun ishdan bo‘shatildi
Jahon | 00:43
-
Niderlandiya qiroli mamlakatni «tish-tirnog‘igacha qurollantirishga» chaqirdi
Jahon | 00:22
-
Qirg‘izistonda RF armiyasiga yollash ishi bo‘yicha rossiyalik polittexnolog hibsga olindi
Jahon | 23:58 / 24.04.2025
-
Tramp millionerlar uchun soliqlarni oshirishdan bosh tortdi
Jahon | 23:25 / 24.04.2025
Mavzuga oid

15:02 / 23.04.2021
Hindistonda koronavirus yuqtirish holatlari bo‘yicha ketma-ket ikkinchi kun rekord qayd etildi

11:05 / 23.04.2021
Karantin: Andijon davlat universitetida o‘qish jarayonlari onlayn tartibga o‘tkazildi

17:40 / 22.04.2021
Hindistonda sutkalik koronavirus yuqtirish holatlari bo‘yicha jahon rekordi qayd etildi

18:32 / 21.04.2021