Sirdaryoda qayta tiklanayotgan uylarni ta'mirlashda qator kamchiliklarga yo‘l qo‘yilayotganligi aniqlandi
Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati tomonidan Kun.uz’ga taqdim etilgan ma'lumotda suv toshqinidan zarar ko‘rgan uylarni ta'mirlash jarayonida devorlar to‘liq demontaj qilinmasdan kafel terilgani, polietilen quvurlarini devorlar orasiga o‘rnatishda loyiha talablari buzilgani va boshqa kamchiliklar ko‘rsatib o‘tilgan.

«Uylarni ta'mirlash jarayonlarida bir qator kamchiliklarga ham yo‘l qo‘yilayotganligi aniqlangan. Xususan, 92 va 93-uylarning yuvinish xonalarida devorlar to‘liq tozalanib, demontaj qilinmasdan, kafel terish yumushlari olib borilgan. Xonalarning ichki oraliq devorlariga o‘rnatilgan eshiklar atrofi maxsus ko‘piklar bilan to‘ldirilmasdan, taxtalar bilan yopilgan.
96 va 97-uylarda ham xuddi shunday kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgan. Uylarning yuvinish xonalaridagi devorlar to‘liq tozalanmagan, kafel terishga ham kirishilmagan. Isitish tizimidagi polietilen quvurlarini devorlar orasiga o‘rnatishda loyiha talablari buzilishiga yo‘l qo‘yilgan. Shuningdek, xonalarning ichki oraliq devorlariga o‘rnatilgan eshiklar atrofi maxsus ko‘pik bilan to‘ldirilmasdan ularga taxtalar qoqilgan. Bundan tashqari, uylarda qurilish-montaj ishlari to‘xtab qolgan.
Bundan tashqari, 94 va 95-uylarning tomlariga tarnovlar o‘rnatilmagan. Uylarning tashqi tarafidagi kafellar ham to‘liq terilmagan. Xonalarning isitish tizimidagi polietilen quvurlarining devorlar orasiga gilzalar qo‘yilmagan va klipsalarni 400-450 mm.li o‘lchamdagisi o‘rniga 550-600 mm.ligi o‘rnatilgan. Loyiha talabiga ko‘ra, polietilen quvurlar poldan 100 mm.li balandlikda o‘rnatish ko‘zda tutilgan, lekin amalda ular polning ustiga joylashtirilgan. Oqibatda loyiha talablari buzilgan», deyiladi viloyat hokimligi axborot xizmatining axborotida.
Qayd etilishicha, Samarqand viloyati va Toshkent viloyati qurilish nazorati inspeksiyalari, Toshkent viloyati «Yagona buyurtmachi xizmati» injiniring kompaniyasi tomonidan aniqlangan kamchiliklar bugungi kunda bartaraf etishga kirishilgan.
Viloyat hokimligi axborot xizmati ma'lumotlariga ko‘ra, 2020 yil 31 iyul holatiga ko‘ra 120 xonadonda ichki pardozlash ishlari yakunlangan bo‘lib, qolgan 8 tasida davom ettirilmoqda. Har bir xonadon ichimlik suvi va tabiiy gazga ulanmoqda. Shuningdek, toshqindan zarar ko‘rgan yo‘llar to‘liq ta'mirlanmoqda. Hozirgacha to‘liq qurilish-montaj ishlari yakunlangan 118 ta xonadon egalariga yashash uchun topshirilgan. Qolgan uylar 5 avgust sanasida foydalanishga topshirilishi ko‘zda tutilgan.
Eslatib o‘tamiz, bugun Toshkent viloyatining tasarrufiga berilgan hududda qurilish-tiklash ishlariga jalb etilgan quruvchi va ishchilar, suv toshqini talafotlarini bartaraf etishda qatnashgan harbiylar uchun bayram dasturxoni tashkil etilib, osh tarqatilgani xabar berilgan edi. Qolaversa, Qurbon hayiti munosabati bilan suv toshqinidan katta zarar ko‘rgan 128 ta xonadonga viloyat hokimining tashabbusi bilan 1 boshdan qoramol topshirilishi belgilangan.
Tavsiya etamiz
Shveytsariyadagi qishloqqa ko‘chib kelgan sayyohlarga 24 ming dollardan pul to‘lanadi
Jahon | 01:36
Toshkentda ilk BRT tizimi: u qanday ko‘rinishda bo‘ladi?
O‘zbekiston | 20:17 / 07.06.2025
Bir nechta tashkilotlar Enter Engineering kompaniyasini sudga berdi
O‘zbekiston | 17:39 / 07.06.2025
Xatolar ulg‘aytirgan jamoa. O‘zbekistonning mundial sari uzoq yo‘li haqida
Sport | 15:27 / 07.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Karlovi Vari - Yevropaning asosiy sog‘lomlashtirish joyi
Jamiyat | 15:00
-
Shavkat Mirziyoyev AQShning yetakchi kompaniyalari delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi
O‘zbekiston | 21:09
-
Misr gepatitga qarshi dori vositalarining navbatdagi partiyasini O‘zbekistonga yubordi
O‘zbekiston | 21:04
-
NATOning Atlantic Trident 25 havo mashg‘ulotlari ilk bor Finlandiyada o‘tkaziladi
Jahon | 20:49
Mavzuga oid

08:13 / 27.05.2025
Haj ziyoratiga yuborishga uringan shaxslar ushlandi

17:59 / 18.04.2025
«Esingiz borida etagingizni yopib oling» - Turdimov xususiy korxonalar rahbarlarini soliqdan qochmaslikka chaqirdi

17:39 / 28.02.2025
Sirdaryo va Oqoltin tumanlariga yangi hokim tayinlandi

13:45 / 26.02.2025