Navoiyda 400 o‘rinli taqsimot punkti ishga tushdi
Bugun, 3 avgust kuni Navoiy shahridagi «Yoshlar» sport majmuasida 400 o‘rinli majmua tashkil etildi. Navoiy shahar hokimligi axborot xizmati xabar qilishicha, bu yerga bemorlar tashxislash, saralash, tegishliliga qarab taqsimlash maqsadida olib kelinadi.

Mazkur markaz bemorlarga birlamchi tibbiy xizmat ko‘rsatadi. Punktning tez tibbiy yordam bo‘limiga harorati ko‘tarilib murojaat etgan bemorlar keltiriladi. Jarayonda bemorlar tashxislanib, ular ahvolining o‘ta og‘ir, og‘ir va yengilligiga qarab saralash ishlari tashkil etiladi.
Bemorlarning klinik belgilaridan kelib chiqib, ular shifoxonaga yoki uyida davolanish uchun yo‘naltiriladi.
Muassasa tibbiy ko‘rik uchun tibbiyot anjomlari bilan ta'minlangan, shuningdek, 200 kislorodli o‘rin tashkil etilgan. Jami 44 nafar tibbiyot xodimlari jalb etilgan.
Oldinroq Qarshi shahrida ham xuddi shunday taqsimot markazi tashkil etilgandi.
Mavzuga oid

00:00 / 10.06.2025
Navoiy viloyati uchun Xitoydan 60 ta avtobus olib kelindi

09:47 / 17.05.2025
Navoiyda ventilyatsiya tarmog‘i orqali oltin o‘g‘irlamoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi

11:43 / 13.05.2025
Navoiyda 55 yoshli ayol hujjatlarda erkak sifatida qayd etib kelingani aniqlandi

11:11 / 06.05.2025