Light | 19:08 / 04.08.2020
11464
2 daqiqa o‘qiladi

Kompyuter tomografiyasi salomatlik uchun xavfli bo‘lishi mumkin

O‘pkani kompyuter tomografiyasi (KT) qilish odam salomatligi uchun xavfli bo‘lishi mumkin.

Foto: iStock

Rossiyaning sobiq sanitariya shifokori, tibbiyot fanlari doktori Gennadiy Onishchenko o‘pkani KT qilish odam organizmiga nurlanishning yuqori bosimini keltirib chiqarishini aytdi. Shu tufayli, hatto koronavirus tasdiqlangan bo‘lsa-da, uni faqat shifokor tavsiyasi bilan qilish shart deb hisoblamoqda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, COVID-19 bilan xastalangan bemorlarga o‘rtacha 2,5 KT to‘g‘ri kelmoqda. 

«Shunday yuklama bor va u juda yuqori. Bunda ehtiyot bo‘lish kerak», — dedi Onishchenko.

Shifokor kelajakda diagnostikaning boshqacha, xavfsiz usullari paydo bo‘lishiga umid bildirdi. U fuqarolarni o‘ziga o‘zi KT tayinlash va xususiy klinikalarda undan o‘tishdan ehtiyot bo‘lishga chaqirdi.

Rospotrebnadzor ma'lumotlariga ko‘ra, mart - iyun oylarida Moskva, Sankt-Peterburg va Leningrad viloyatida ommaviy nurlanish dozasi 1,5 barobar oshgan. Bu kelajakda radiatsiya bilan bog‘liq xastaliklarni vujudga keltirishi mumkin.

Avvalroq, Peterburg onkologiya markazi rahbari o‘rinbosari Vitaliy Yegorenkov kompyuter tomografiyasi saratonning rivojlanishini keltirib chiqarmasligini, chunki koronavirus diagnostikasi uchun nurlanish yuklamasi pastroq bo‘lishini aytgan edi.