«Buyuk kelajak» kengashi eksperti Sanjar Jalolov koronavirus asoratlaridan vafot etdi
Iiqtisodiyot fanlari doktori, professor, «Buyuk kelajak» kengashi eksperti Sanjar Chingizovich Jalolovning 4 avgust kuni koronavirus infeksiyasi asoratlari oqibatida vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi xabar qildi.
Sanjar Jalolov 2018 yilda O‘zbekistonga qaytgan va «Buyuk kelajak» kengashi ekspertlari tarkibiga kirgan.
Sanjar Jalolov Torontoda THETA Collaborative’da tibbiyot texnologiyalari bo‘yicha konsultant sifatida ishlagani bois O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash sohasidagi ushbu yo‘nalishni baholashni taklif qilgan. Sog‘liqni saqlash texnologiyalarini baholash mamlakatga qaysi dori vositalari haqiqatda kerakligi va ularning real narxini chiqarish imkonini beradi.
«U o‘z g‘oyalari va xulosalarini rasmiy taqdimotlari va ommaviy axborot vositalaridagi maqolalarida aks ettirgan. U nima haqida gapirayotganini bilardi va O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimining samaradorligini ta'minlash eng yaxshi xalqaro tajribaning joriy etilishiga ishonardi», deyiladi xabarda.
Professor Sanjar Jalolov Toshkent farmatsevtika instituti hamda xalqaro Vestminster universitetida ma'ruzachi sifatida dars bergan. Universitetda Jalolov tashabbusi bilan jamoatchilik sog‘liqni saqlash fakulteti tashkil qilinayotgandi.
Bundan tashqari, iqtisodiyot fanlari doktori Sanjar Jalolov menejyer sifatida turli xalqaro loyihalarda ishtirok etgan va nafaqat sog‘liqni saqlash tizimidagi iqtisodiy masalalar qishloq xo‘jaligi hamda davlat va jamiyat institutlarining rivojlanishi yuzasidan ham takliflar bergan. Sanjar Jalolov 58 yoshda bo‘lgan.