Belarusda saylov namoyişlarga ulandi. Sönggi ma'lumotlar
|16:31 / 10.08.202065 29411 min
9 avgust kuni Minsk va Belarusning boşqa yirik şaharlarida prezidentlik saylovida ovoz beriş yakunlanib, saylov uçastkalari yopilgaç minglab kişilar iştirokida norozilik namoyişlari boşlanib ketdi. Ular saylovning dastlabki rasmiy natijalaridan norozilik bildirişdi, unga köra mamlakatning amaldagi rahbari Aleksandr Lukaşenko 80 foiz ovoz olgani ma'lum qilingandi. OMON namoyişçilarni şovqinli granatalar, vodomyotlar va rezina öqlar bilan tarqatişga kirişdi.
Yakşanba kuni Belarusda prezidentlik saylovlari bölib ötdi, bu saylov kutilganidek mamlakatni 26 yil davomida boşqarib kelayotgan Lukaşenkodan norozilarning namoyişlariga ulanib ketdi.
Lukaşenkoning asosiy raqibi kutilganidek Svetlana Tixanovskaya - saylov kampaniyasi davrida hibsga olingan bloger va tadbirkor Sergey Tixanovskiyning rafiqasi böldi.
Saylovning dastlabki natijalari
Saylovda davomat 84,05 foizni taşkil etdi - bu yuqori bölsada, rekord emas, 2015 yilgi saylovlarda saylovçilarning 87,22 foizi saylov uçastkalariga borgandi.
Rasmiy ekzit-polga köra (mamlakatda bunday sörovlarni ötkazadigan mustaqil taşkilotlar yöq) amaldagi prezident Aleksandr Lukaşenko 79,7 foiz ovoz, uning asosiy raqibi Svetlana Tixanovskaya esa 6,8 foiz ovoz olgani ma'lum qilindi.
Belarus MSK beşta viloyatdagi kasalxonalarda taşkil etilgan saylov uçastkalarida Lukaşenko 82 foiz ovoz olgani, armiyada unga 93,7 foiz saylovçi ovoz berganini ma'lum qildi. Tixanovskaya esa 4 foizdan köp ovoz ololmagani aytildi.
Muxolifatçilar ovozlarni hisoblaş uçun muqobil sifatida taşkil etgan «Golos» platformasida esa foydalanuvçilarning 80 foizidan ortiği Tixanovskaya uçun ovoz bergani ma'lum böldi.
Bu vaqtda «Radio Svoboda» xorijiy mamlakatlardagi natijalar aksinça ekani haqida xabar tarqatdi. Unga köra, xorijda taşkil etilgan saylov uçastkalaridagi ekzit-pol Lukaşenko 6,25 foizdan sal köproq, Tixanovskaya esa 79,69 foiz ovozni qölga kiritganini körsatgan. Saylovçilarning deyarli 11 foizi aynan kimga ovoz berganini ma'lum qilişdan boş tortgan, 1,96 foiz saylovçi esa barçaga qarşi ovoz berganini ta'kidlagan. 0,5 foiz ovoz qolgan nomzodlar örtasida taqsimlangan. Uşbu loyihada mamlakatdagi 6,8 million saylovçidan 1,1 million kişi iştirok etgan.
Internetda saylov natijalari haqida ma'lumotlar ham tarqalmoqda. Xususan, Mogilyov viloyati Frunze tumanida joylaşgan 70-saylov uçastkasidagi natijalar körsatilgan hujjatning surati tarqaldi. Suratda uşbu uçastkada Lukaşenko 255ta ovoz olgani, Svetlana Tixanovskayaga esa 1989 kişi ovoz bergani köringan.
Polşadagi elçixonada esa byulletenlarning 100 foizi hisoblab çiqilgani va Svetlana Tixanovskaya yaqqol ustunlikka erişgani xabar qilindi.
Saylov kuni
Saylov uçastkalari 9 avgust kuni soat 08:00da Belarus hududida va xorijdagi elçixonalarda oçildi. Köplab saylov uçastkalarida uzun navbatlar yuzaga keldi - London va Moskvadagi elçixonalarda saylov uçastkalari yopilişi arafasida ham minglab odamlar hali ovoz berişga ulgurişmagandi. Bunday holatlar respublika hududida ham kuzatildi.
Mavzuga oid
Foto: EPA/Vostock-photo
Ovoz berişga ulgurmaganlar keçqurungi soat 8dan keyin ham ovoz berişga ruxsat berilişini talab qilişdi.
MSK rahbari uzun navbatlarni muxolifatçilar ataylab uyuştirganini aytib, saylov uçastkalari işlaş muddati uzaytirilmasligini aytdi. Ammo köplab uçastkalarda soat 8dan keyin ham ovoz beriş davom etdi.
Aleksandr Lukaşenko jismoniy tarbiya universitetida taşkil etilgan uçastkada ovoz berdi va jurnalistlar qarşisida çiqiş qilib, Svetlana Tixanovskayani hamda mustaqil naşrlarni tanqid qildi.
«Men bu odamni asosiy raqib deb hisoblamayman, uni siz asosiy raqibga aylantirdingiz. U qayerga tuşib qolganini va nima qilayotganini tuşunmayapti ham», degan u va Tixanovskayaning saylov dasturini tanqid qilgan.
Tixanovskaya Minsk şarqidagi maktablardan birida ovoz berdi. Bu yerda uni yuzlab saylovçilar olqişlaşdi.
Bu vaqtda Minsk markazi harbiylar va harbiy texnikalar bilan örab olina boşlangandi - şahar amalda töliq yopilgan, unga kiriş va çiqişni harbiylar nazorat qilayotgandi.
Şuningdek, internet işlaşida muammolar kuzatila boşladi.
Ovoz beriş jarayoni vaqtidayoq önlab kişilar qölga olindi, asosan jurnalistlar va kuzatuvçilar olib ketildi. Xususan, Minsk markazida noma'lum şaxslar «Dojd» telekanali xodimlarini qölga olişdi. Kun oxiriga borib bu jurnalistlar qöyib yuborilgani va ular Smolenskka qaytayotgani ma'lum böldi. Rossiya TIV ularning qölga olinişini akkreditatsiyasi bölmagani bilan izohladi.
Tixanovskaya öz tarafdorlarini ğolib deb atadi
Saylov uçastkalari yopilgaç Svetlana Tixanovskaya matbuot anjumani ötkazdi. Matbuot anjumanida kamida 10ta saylov uçastkasida Tixanovskaya Lukaşenkodan 2-3 barobar köp ovoz yiqqani ma'lum bölgani haqida ma'lum qilindi.
«Men bunga işongandim. Butun saylov kampaniyasi Belarus xalqining ulkan qöllab-quvvatlovini namoyon etdi. Juda köplab odamlar namoyişlarga çiqdi, bunaqasi bizning Belarusda heç qaçon bölgan emas. Kuzatuvçilar soni aql bovar qilmas darajada köp edi, hammasi ham öxşamadi, lekin biz qölimizdan kelgança harakat qildik. Halol hisob-kitob qilgan saylov komissiyalariga ham alohida minnatdorçilik bildirişni istardim, bu ham bir jasorat. Odamlarimiz uyğondi. Ular siyosiy hayotda faol iştirok eta boşlaganidan juda xursandman.
Odamlar va nihoyat öz qörquvlarini yengib öta olişdi. Hali yana köpçilik şunday qilişi kerak. Hammaga — ştablarga, köngillilarga, yonimizda bölgan hammaga taşakkur! Menimça, biz ğolib çiqdik, çunki biz öz qörquvimiz ustidan ğalaba qozondik, siyosatga aralaşmasligimizni yenga oldik, loqaydlik va befarqligimizni mağlub etdik. Bu boşqa har qanday ğalabadan köra muhimroq ğalabalardir», dedi Tixanovskaya.
U bu vaqtda öz tarafdorlari bilan birga köçaga çiqa olmasligini izohladi: «Afsuski çiqa olmayman, siz mamlakatimizdagi haqiqiy vaziyatni bilasiz. Meni ommaviy tartibsizliklar uyuştirişda ayblamasliklari uçun çiqa olmayman. Şuning uçun ştabda qolaman, ştab butun tun davomida işlaydi».
Namoyişlar va töqnaşuvlar
Saylov uçastkalari yopilişi bilan Minsk va mamlakatning boşqa şaharlarida köçalar namoyişçilar bilan töla boşladi. Ular dastlabki rasmiy natijalardan rozi bölişmagandi va hukumatning harakatlariga qarşi çiqişdi. Lukaşenko saylov kuni tongidayoq noqonuniy aksiyalar qattiqqöllik bilan bostirilişi haqida ogohlantirgandi.
Şunday ham böldi: Minskdagi namoyişlarni tinçitiş uçun juda katta guruhdagi harbiylar, militsiya va hatto armiyaning maxsus bölinmalari jalb qilindi. Tez orada Belarus poytaxtining barça nuqtalarida militsiya va harbiylar namoyişçilarni tarqatiş uçun kuç işlata boşladi - vodomyotlar, şovqinli granatalar, rezina öqlar va boşqa vositalar qöllandi.
Vasiliy Fedosenko / Reuters / Scanpix / LETA
Voqea joylaridan olingan kadrlarda köriş mumkinki, köplab namoyişçilar jarohat olgan: namoyişçilardan birini avtozak bosib ketgan, boşqasining oyoğiga öq kirib qolgan, yana birining oyoq barmoqlari granata tufayli uzilib ketgan.
Tatyana Zenkoviç / EPA / Scanpix / LETA
Eng jiddiy töqnaşuvlar Maşerova prospektida va «Minsk - qahramon şahar» yodgorligi atrofida, şuningdek, eski şahar hududida va Mustaqillik prospektida bölib ötgan.
Belarus Içki işlar vazirligi avvaliga bu xabarlarni rad etgandi. Ammo keyinçalik bu ma'lumot tasdiqlandi: «Huquqni muhofaza qiluvçi organlar maxsus vositalardan foydalanişga majbur bölişdi. Maxsus texnika (ya'ni suv purkovçi) va şovqinli granatalardan foylanildi», deb Belarus IIV rasmiy vakili Olga Çemodanovaning sözlarini keltirmoqda TASS.
Tatyana Zenkoviç / EPA / Scanpix / LETA
Kobrin şahrida ham namoyişlar bölib ötdi. U yerda ham namoyişlarni tinçitiş uçun OMONçilar jalb qilingandi. Odamlarning tinimsiz hayqiriqlaridan söng OMONçilar qalqonlarini tuşirişdi va bunga javoban namoyişçilar ularni quçoqlaşdi. Odamlar «Militsiya xalq bilan», «Ket» deb hayqirişgan.
Töqnaşuvlarda jarohatlanganlar haqida rasmiy ma'lumotlar hozirça yöq, ammo töqnaşuvlar boşlangaç Minsk markazida şifoxonalarga qatnagan önlab tez yordam maşinalari haqiqiy kölamni aks ettiradi. Minskdagi markaziy kasalxonaga qöşimça travmatolog va anesteziologlardan iborat brigada jalb qilingan.
Vasiliy Fedosenko / Reuters / Scanpix / LETA
Namoyişlar vaqtida Minsk markazida mobil internet umuman işlamay qolgan, mamlakatdagi yirik naşrlar va davlat taşkilotlari saytlariga kirib bölmagan. Şuningdek, ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlar faoliyatida uzilişlar kuzatilgan.
OMON jangçilari va içki işlar organlari xodimlari namoyişçilarni Minsk markazidan surib çiqargaç, ularni yakka holda qölga oliş işlari boşlanib ketdi. Xabarlarga köra, namoyişçilarga aloqasi bölmagan, şunçaki köçaga çiqib turgan kişilar ham olib ketilgan.
Töqnaşuvlar bir neça soat davom etgan va tungi soat 2 atrofida Minsk köçalari böşab qolgan. IIV vaziyat nazoratga olinganini ma'lum qilgan, ijtimoiy tarmoqlarda maxsus texnikalar şahar markazini tark etayotgani körsatilgan videolar tarqalgan.
Boşqa şaharlardagi namoyişçilar ham uylariga tarqalgan, lekin ular ertaga qaytişlarini aytişgan.
Aleksandr Lukaşenko bu orada matbuotda köriniş bermadi va holat böyiça munosabat bildirmadi.
Namoyişlar militsiya bilan töqnaşuvlarga aylanib ketgan vaqtda Svetlana Tixanovskaya kuç işlatar tizim vakillariga murojaat qildi.
«Men militsiya va harbiylarga ular ham xalqning bir qismi ekanini eslatmoqçiman. Öz saylovçilarimdan ham sörayman: provokatsiyaga yöl qöymang, sizga zöravonlik qilinişiga sabab qoldirmang. Belarus ertaga boşqaça davlat bölib uyğonadi, ertaga yaxşi yangiliklar böladi. Iltimos zöravonlikni bas qilinglar. Ofitserlar, bilaman, bu qölingizdan keladi», deydi u Tut.by sayti orqali murojaatida.
Namoyişlar oqibatlari
Sönggi ma'lumotlarga köra, namoyişlarda kamida 140 kişi qölga olingan. Huquq faollari qölga olinganlar soni köproqligini aytişmoqda.
Tatyana Zenkoviç / EPA / Scanpix / LETA
Belarus Tergov qömitasi mamlakatda bölib ötgan ommaviy tartibsizliklardan keyin jinoiy iş oçilgani haqida ma'lum qilgan.
RIA Novostining xabar qilişiça, ommaviy tartibsizliklar va militsiyaga zöravonlik moddalari böyiça iş oçilgan. Belarus Jinoiy kodeksi bunday jinoyat uçun 8 yilgaça ozodlikdan mahrum etişni, ommaviy tartibsizliklar taşkilotçiligi uçun esa 15 yilgaça qamoq jazosini közda tutadi.
Qayd etilişiça, Belarusdagi namoyişlar vaqtida önlab militsionerlar ham jarohat olgan.
«Vesna-96» huquq himoyaçilari taşkiloti ma'lumotiga köra, avtozak ostida qolgan namoyişçilardan biri vafot etgan.
Tatyana Zenkoviç / EPA / Scanpix / LETA
«Bir kişi halok böldi, avtozak odamlar ustiga yurgan vaqtda u maşina ostida qolib ketgan. U ölikxonaga olib borilgan. Önlab kişilar jarohatlangan», degan taşkilot vakili Valentin Stefanoviç.
Duşanba tongida Belarus MSK rasmiy natijalarni e'lon qildi. Unga köra, Aleksandr Lukaşenko 80,23 foiz ovoz olgani, Svetlana Tixanovskayani 9,90 foiz saylovçi qöllab-quvvatlangani ma'lum qilingan. Saylovda davomat 84,23 foizni taşkil etgan. «Barça nomzodlarga qarşilar» 6,02 foiz ovoz töplagan.
Yakuniy natijalar 14 avgust kuni e'lon qilinadi.
«Dastlabki natijalar deyarli özgarmaydi», degan Belarus MSK raisi Lidiya Yermoşina.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi