Epidemiologik vaziyat yaxshi davlatlardan kelganlar endi karantinga olinmaydi

Epidemiologik vaziyat yaxshi bo‘lgan mamlakatlardan O‘zbekistonga kirgan fuqarolar kelganlaridan so‘ng karantinda bo‘lishlari talab etilmaydi. Karantinda saqlash muddati 7 kunga qisqartiriladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev 12 avgustdagi videoselektorda ma'lum qildi.
«Epidemiologik vaziyat yaxshi bo‘lgan davlatlardan kelgan shaxslarni karantinga olmaslik tartibini joriy qilish kerak.
Virus kamaygan davlatlardan kelganlarni uy karantiniga va virus kamaymagan davlatlardan kelganlarni alohida karantin zonaga olish kerak.
[Endi] 14 kun emas, 7 kun bo‘ladi – hozir mutaxassislar 14 kundan 7 kunga qisqartirsa bo‘ladi, deyapti», – dedi davlat rahbari.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 15 avgustdan boshlab karantin bosqichma-bosqich yumshatilmoqda.
Avvalroq Tashqi ishlar vazirligi karantin davrida O‘zbekistonga kirish va xorijga chiqish tartibi haqida ma'lumot bergan edi.
Karantinda bo‘lish muddati iyun oyida 14 kundan 10 kunga qisqartirilib, koronavirusga chalinish holatlari kamaymagan davlatlardan O‘zbekistonga kirib kelayotgan fuqarolarga o‘zlari istasa karantinni, haqini to‘lagan holda, mehmonxonada o‘tkazish huquqi berilgan edi.
Tavsiya etamiz
“Sirtqi ta’lim yopilsa, hech narsa yo‘qotmaymiz” – mutaxassislar bilan suhbat
O‘zbekiston | 15:26
Trampni siylagan arablar, muzlatilgan savdo urushi va amalga oshmagan “duel” - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 16:04 / 17.05.2025
Tahdid va tarix haqida va’z: Istanbul muzokaralarida nimalar deyishdi?
Jahon | 13:33 / 17.05.2025
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Olimlar jazirama va suv toshqinlarining yashirin xavfini aniqladi
Jahon | 23:51 / 19.05.2025
-
Rossiyada oilaviy zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan ayol va uning uch farzandi O‘zbekistonga qaytarildi
Jamiyat | 23:26 / 19.05.2025
-
Putin va Tramp telefon orqali muloqot qildi. U ikki soatdan ortiq davom etdi
Jahon | 22:46 / 19.05.2025
-
19 may yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqea va hodisalar
O‘zbekiston | 22:31 / 19.05.2025
Mavzuga oid

17:31 / 19.05.2025
Shavkat Mirziyoyev Vengriyaga jo‘nab ketdi

16:02 / 19.05.2025
Prezidentga qurilish materiallari tarmog‘idagi rejalar taqdimot qilindi

15:28 / 19.05.2025
Surxondaryoda 11 nafar o‘qituvchi 2 ming dollardan ko‘p maosh olayotgani aytildi. Prezident buni Britaniya bilan taqqosladi

19:35 / 16.05.2025