Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
So‘x tumani markazida har biri 30 xonadonli 7ta besh qavatli uy quriladi
11 mingdan ortiq aholi uchun yangi ish o‘rinlari yaratilishi ko‘zda tutilgan.
O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov ishtirokida So‘x tumanida bo‘lib o‘tgan faollari yig‘ilishida prezidentning joriy yil 8 avgustda qabul qilingan “2020-2021 yillarda Farg‘ona viloyatining So‘x tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilab berilgan vazifalar muhokama etildi.
Farg‘ona viloyati hokimligi axborot xizmati xabariga ko‘ra, 2020-2021 yillarda So‘x tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlarining manzilli dasturiga 146 ta loyiha kiritilgan bo‘lib, 639 milliard so‘m mablag‘ sarf etiladi. Mazkur ishlar natijasida 11 mingdan ortiq aholi uchun yangi ish o‘rinlari yaratilishi ko‘zda tutilgan.
Yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish borasida 160 km shag‘al qoplamali yo‘llarni sement-beton qoplamaga o‘tkazish va asfalt qoplama yotqizish, 106 km tuproq yo‘llarni shag‘al qoplamaga o‘tkazish va 40 km sement-beton piyodalar yo‘laklarini qurish belgilangan. Tuman markazida "Rovon" shahar bosh rejasiga muvofiq har biri 30 xonadonli 7 ta 5 qavatli uy-joylar quriladi.
Respublika ishchi guruhi tomonidan mutasaddi rahbarlar ishtirokida Dastur doirasida amalga oshirilayotgan har bir loyihaning o‘z muddatida va sifatli amalga oshirilishini ta'minlash va bajarilgan ishlarni muntazam muhokama qilib borish topshirildi.
Mavzuga oid
23:50 / 01.07.2026
Bosh vazir futbolchilardan milliy jamoani tanqid qilgan «divan ekspertlarini» kechirishni so‘radi
22:53 / 13.04.2026
Rossiya O‘zbekistonga neft va gaz yetkazib berish hajmini oshirishini ma’lum qildi
21:06 / 27.03.2026
O‘zbekiston 2026 yilda sun’iy yo‘ldosh internetini ishga tushirishga tayyorlanmoqda
19:01 / 02.03.2026