5 yil stajga ega xodimlarini sirtqi va kechki oliy ta'limga tavsiya etish huquqi berilgan tashkilotlar ro‘yxati e'lon qilindi
2020/21 o‘quv yili uchun iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil ish stajiga ega fuqarolarni sirtqi va kechki ta'lim shakliga o‘qishga tavsiya etish huquqiga ega vazirlik, idora va yirik xo‘jalik birlashmalarining ro‘yxati tasdiqlandi.
Tavsiya etilgan fuqarolar suhbat natijalariga ko‘ra, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinishi mumkin. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi ma'lum qildi.
Ro‘yxatda xodimlarini o‘qishga tavsiya etish huquqi berilgan jami 74ta tashkilotni ko‘rish mumkin.
Ma'lumot uchun, Davlat qabul komissiyasi majlisining 2019 yil 4 iyuldagi 1-son bayoniga ko‘ra, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga ega fuqarolarning sirtqi va kechki ta'lim shakliga suhbat asosida qabul qilinishi tartibi belgilangan.
Unga ko‘ra, fuqaro komissiya tomonidan tasdiqlangan ro‘yxatdagi tegishli idora va vazirlik yoki yirik xo‘jalik birlashmalaridan birining xodimi bo‘lsa, ish joyidan berilgan tavsiyanoma asosida o‘qishga hujjat topshiradi.
Shundan so‘ng suhbat-imtihondan o‘tib, sirtqi ta'lim olishni xohlasa 5 yil, kechki ta'lim shaklini ma'qul ko‘rsa 4 yil muddat davomida tabaqalashtirilgan to‘lov-shartnoma asosida o‘qiydi.
Shartnoma puli esa o‘zi ishlab turgan tashkilot tomonidan to‘lab berilishi zarur.
Shuningdek, ro‘yxatdagi tashkilotlar 100 nafargacha xodimiga tavsiyanoma berishi mumkin.
Tizimda asosiy ish joyi sifatida 5 yildan kam bo‘lmagan muddatda ishlayotgan xodimlarga (texnik xodimlar mundan mustasno) tavsiyanoma berish esa tizimning shaxsan birinchi rahbari tomonidan amalga oshiriladi.
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonda keyingi hafta jazirama issiq bo‘ladi
O‘zbekiston | 15:46 / 13.06.2025
G‘arb Isroil Eronga zarba berishidan xavotirda. Bu haqda nimalar ma’lum va oqibatlar qanday bo‘lishi mumkin?
Jahon | 21:01 / 12.06.2025
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45 / 11.06.2025
So‘m 2 haftada 2 foizga mustahkamlandi. Qanday qilib?
Iqtisodiyot | 18:57 / 10.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh–Eron muzokaralari taqdiri nima bo‘ladi?
Jahon | 23:29
-
AQSh dronlarga qarshi mudofaa tizimlarini Ukrainadan Yaqin Sharqqa ko‘chirdi
Jahon | 23:14
-
Isroil Eronning energiya infratuzilmasiga zarba berdi
Jahon | 22:25
-
Tramp bilan Putin Yaqin Sharqdagi xavfli keskinlashuvni muhokama qildi
Jahon | 21:33
Mavzuga oid

20:45 / 06.05.2025
Sirtqi ta’limga qabul to‘xtatiladi

15:25 / 08.05.2024
Sirtqi ta’lim bosqichma-bosqich tugatiladi

18:41 / 09.08.2023
Sirtqi ta’lim shakli bosqichma-bosqich masofaviy ta’limga o‘tkaziladi - Abduvali Xoliqov

21:19 / 05.07.2023