Jamiyat | 15:00 / 17.08.2020
32747
2 daqiqa o‘qiladi

TEXNOPARK yangi xodimlarni ishga taklif qiladi

TEXNOPARK 7000 dan ortiq yangi ish o‘rinlarini yaratmoqda va yangi xodimlarni ishga taklif etmoqda.

Yaxshi mutaxassis yaxshi joyda ishlashi lozim, fikrimizga qo‘shilasizmi? Bundan tashqari, yirik kompaniyada mehnat qilish bir qator afzalliklarga ega. Bu yerda siz o‘zingizning to‘liq potensialingizni to‘liq ochib berishingiz, qulay sharoitlarda ishlashingiz va eng muhimi, ishingiz uchun munosib maosh olishingiz mumkin. Agarda siz yangi ish joyi qidirayotgan bo‘lsangiz, demak omadingiz bor ekan, chunki TEXNOPARK yangi ishchilarni jalb kilmokda.

TEXNOPARK O‘rta Osiyodagi sanoat va maishiy texnika, isitish radiatorlari va izolyatsion mahsulotlarning yirik ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi. TEXNOPARK'ning maqsadi nafaqat ichki bozorda talabni qondiradigan, balki chet elga eksport qilinadigan innovatsion texnologiyalardan foydalangan holda yuqori talabga ega bo‘lgan mahsulotlarni ishlab chiqarishdir. TEXNOPARK hamkorlari – dunyodagi yirik kompaniyalar xisoblanadi, ularning orasida Samsung, Viessman, Whirlpool, Petro Fiorentini, Shanghai Mitsubishi, Wilo, Leo va boshqalar bor.

Kompaniya quyidagi sohalar bo‘yicha mutaxassislarni ishga taklif etadi:

  • Muhandis-texnolog;
  • Muhandis-konstruktor;
  • Kimyogar-texnolog;
  • Mexanik;
  • Elektrika mutaxassisi;
  • Sifat bo‘limi nazoratchisi;
  • Tashqi iqtisodiyot faoliyati boyicha mutaxassis;
  • Moliyachi;
  • Buxgalter;
  • Auditor;
  • Iqtisodchi;
  • Rejalashtirish bo‘yicha mutaxassis;
  • Qayd yurituvchi;
  • Mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi muhandisi;
  • SMM mutaxassisi;
  • Ta'minotchi;
  • IT mutaxassisi;
  • Frezalovchi;
  • Tokar;
  • ChPU operatori;
  • Ishlab chiqarish xodimlari (montajchi, operator, yuk tashuvchi, haydovchi va boshqalar).

Shuningdek, turli yo‘nalishdagi boshqa pozitsiyalar ham mavjud.

Mutaxassislar orasida ish olib borib, siz muttasil rivojlanib, o‘sasiz. Bu yerda sizning ishingiz munosib baholanadi va ish sharoitlari iloji boricha qulay bo‘ladi. Orzuingizdagi ishga kirish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!

Ma'lumot uchun telefon: +99871 2102020

Sayt: texnopark.uz

Reklama huquqi asosida

Жамшид Рузибаев
Tayyorlagan Жамшид Рузибаев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid