Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevroparlament deputatlari Lukashenkoni persona non grata deb e'lon qilishdi
Yevropa Ittifoqi parlamenti deputatlari bugun 17 avgust kuni o‘tkazilgan majlisda Belarusda 9 avgust kuni o‘tkazilgan prezident sayloviga doir qo‘shma bayonot qabul qilgan.
Unga ko‘ra, Yevroparlament deputatlari Belarusda o‘tkazilgan prezidentlik saylovi natijalarini tan olmasligini ma'lum qilishgan.
Bayonotda yozilishicha, Belarusdagi saylovda ovozlar Lukashenko foydasiga soxtalashtirilgan va unda muxolifat nomzodi Svetlana Tixanovskaya g‘olib chiqqan bo‘lishi ehtimoli borligi tufayli saylov natijasi Yevroittifoq tomonidan tan olinmasligi ma'lum qilingan. Yevroparlament deputatlari Lukashenkoni Yevropa Ittifoqi uchun persona non grata (istalmagan shaxs) deb hisoblaydi.
«9 avgust kuni Belarusda bo‘lib o‘tgan prezident saylovlari erkin va adolatli bo‘lib o‘tmagan. Saylovda muxolifat vakili Svetlana Tixanovskaya g‘alaba qozongani haqiqatga yaqin. Shuning uchun biz Aleksandr Lukashenkoni Belarusning qayta saylangan prezidenti sifatida tan olmaymiz va uni Yevropa Ittifoqida persona non grata deb bilamiz», deyiladi bayonotda.
Shuningdek, Yevroparlament deputatlari Belarus bo‘ylab tinch namoyish o‘tkazayotgan aholi vakillari bilan birdam ekanini bildirgan: «Biz Belarus xalqining mustaqil kuzatuvchilar nazorati ostida yangi va erkin saylovlar o‘tkazilishini talab qilib chiqayotganini qo‘llab-quvvatlaymiz», deyiladi bayonot matnida.
Yevropa Kengashi raisi Sharl Mishelning aytishicha, 19 avgust kuni Belarusdagi vaziyatni muhokama qilish uchun Yevropa Kengashi a'zolarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
08:58 / 04.06.2026
Ukrainaning YeIga a’zo bo‘lishi yo‘lida muhim qadam tashlandi
09:00 / 01.06.2026
Lukashenko: “Ukrainadagi voqealar Armaniston uchun saboq bo‘lishi kerak”
19:55 / 29.05.2026
Yevropa Ittifoqi Temu’ni 200 mln yevro jarimaga tortdi
08:47 / 28.05.2026