09:00 / 20.08.2020
25335

Yangi Artel Mobile smartfonlari: siz qaysi birini tanlaysiz?

Smartfon bir vaqtda ham quvvatli, ham hamyonbop bo‘lishi mumkinmi? Albatta, agar bu yangi Artel Mobile smartfoni bo‘lsa! Yangi smartfonlar qatorida Siz ham o‘zingizga mosini topasiz.

Ajoyib uchlik

Artel Mobile jami to‘rtta yangi smartfon ishlab chiqardi, biz avvalambor uchtasi haqida gapirib beramiz. Ular orasidan eng qiziq bo‘lgan smartfon haqida esa maqolaning oxirida bilib olasiz. Birinchi uchlikning nomi Quadro, Quadro Pro va Air. Ular qanday afzalliklarga ega? Asosiy afzallik narxda. Ular o‘zga smartfonlarga qaraganda ancha arzonroq. Ikkinchi afzallik esa – zamonaviy Android 10 Q operatsion tizimi. Yangi tizim smartfonni o‘zingizga moslashtirishga va keraksiz funksiyalarni o‘chirishga keng imkoniyatlar yaratadi. Bu esa o‘z navbatida smartfon yanada tezroq va uzoqroq ishlashiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi.

Quadro va Quadro Pro smartfonlari 6.088 dyuymlik 720×1560 piksel o‘lchamga ega IPS ekranlar bilan jihozlangan. Air smartfonining ekrani sal kattaroq – 6.5 dyuym, o‘lchami esa 720×1600 pikselga teng. Quadro va Quadro Pro frontal kameralari 8 MP ni tashkil etadi. Air smartfoni esa 13 megapiksellik frontal kameraga ega. Quadro va Quadro Pro smartfonlarining asosiy kameralari uchta obektivdan tashkil topgan bo‘lib, 13+2+2 MP ga teng. Air smartfonining asosiy kamerasi ham uchta obektivga ega, ular esa 16+8+2 MP ni tashkil etadi.

Quadro smartfoni Helio A22 protsessori bilan jihozlangan, operativ xotirasi 3 Gb, doimiy xotirasi esa 32 Gb ga teng. Bu hajm sevimli qo‘shiqlaringiz va fotosuratlaringizni saqlash uchun yetarlidir. Quadro Pro va Air smartfonlarining protsessorlari sal quvvatliroq. Ularda Helio A25 protsessori o‘rnatilgan. Ushbu smartfonlarning operativ xotirasi 4 GB, doimiy xotirasi esa 64 Gb ni tashkil etadi. Uchala smartfon ham 4000 mAh quvvatga teng bo‘lgan akkumulyatorlarga ega.

Hayotingizni «Tesla»shtiring

Eng qiziq smartfon – Tesla haqida gapirish vaqti keldi. Yangi flagman barchaga xush keluvchi 2 funksiyaga ega. Ularning nomi Quick charge va Wireless charger, ya'ni tezkor quvvatlash va simsiz quvvatlash. Smartfonni mahsus taglikka joylang va smartfon bir zumda quvvatlanadi.

Tesla smartfonining ekrani 6.3 dyuymni tashkil etadi, o‘lchami esa 1080×2340 pikselga tengdir. Frontal kamerasi 16 MP. Asosiy kamera uchta obektivga ega bo‘lib, o‘lchami 48+8+2 megapikselni tashkil etadi. Uch obektivlik kamera o‘ta tiniq va chiroyli suratlar yaratishga qodir. HDR tizimidagi suratlar esa undanda go‘zal. Kamera obektivlari har xil ekspozitsiyada suratga tushiradi, so‘ng barcha suratlar birlashtiriladi. HDR tizimidagi suratlar yuqori kontrastli, rang-barang va o‘ta yorqin. Ularni tomosha qilish esa zavq bag‘ishlaydi.

Tesla smartfoni Helio P60 protsessori bilan jihozlangan. Operativ xotirasi 4 Gb, doimiy xotirasi esa 128 Gb ni tashkil etadi. Flagman smartfoni akkumulyatorining quvvati 4050 mAh ga tengdir.

Internetdan foydalanish yoki sevimli o‘yinlarni o‘ynash, ishdagi vazifalarni bajarish yoki film tomosha qilish – yangi Artel Mobile smartfonlari har qanday xohishingizni qondira oladi. Yangi smartfonlar yurtimiz bozorlarida sizni kutmoqda. Siz esa qaysi birini tanlaysiz?

Qo‘shimcha ma'lumot uchun artelmobile.uz rasmiy saytiga yoki fb.com/artelmobile.official rasmiy sahifasiga tashrif buyuring.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top