Davlatlar ham mavjud bölmagan davrlarda

Inson biror davlat fuqarosi bölişi uçun, avvalo, davlat tuşunçasi mavjud bölişi kerak. Pasport ham, fuqarolik ham davlatsiz mavjud böla olmaydi. Insoniyatning qadimiy tarixida esa davlat tuşunçasi mavjud emasdi. Ilk davlatçilik tarixiga oid faktlar miloddan avvalgi 3 700 yillarga borib taqaladi. Biroq öşa paytlarda ham davlatçilik emas, faqat köplab odamlardan iborat jamoalar mavjud edi.

Fuqarolik - «citizenship» sözi lotin tilidagi «şahar» sözidan olingan va «şaharlik» degan ma'noni anglatadi. Çunki qadimgi davrlarda odamlar özlarini biror mamlakatlik deyişdan köra, şaharlik deyişni köproq ma'qul körişgan. Fuqarolik konsepsiyasi qadimgi Gretsiyada ming yil oldin şakllana boşlagan. Keyinroq esa Rimda barça fuqarolarning imperiya hududida erkin harakatlanişiga ruxsat beriş uçun fuqarolik atamasidan foydalana boşlangan.

Pasport birinçi bölib sayohat hujjati sifatida vujudga kelgan. Birinçi pasportlar ham xalqaro sayohatlar davrida himoyaga ega böliş uçun işlab çiqilgan. Çunki öşa davrlarda kemalarda sayohat qiliş urfga kirgan edi.

Niqoblar, muhr va tatuirovkalar

Ilk davrlarda – miloddan avvalgi 3 100 yillarda pasportlar faqat qoğoz körinişida emas, balki turli şakllarda, masalan, qirol muhrlari, niqoblar yoki tatuirovka körinişida mavjud bölgan.

Niqoblar dastlab Ğarbiy Afrika mamlakatlarida işlatila boşlangan. Bitta qabila bir xil körinişdagi niqobni taqqan va uni boşqa qabiladan şu bilan ajratib oliş mumkin bölgan. Bu körinişdagi mansublilikni bildiradigan niqoblarni taqqan odamlar bemalol savdo va sayohat qila olişgan.

Tatuirovka körinişidagi fuqarolik belgisi esa neolit davridan beri mavjud. Odamlarga şunday körinişdagi belgilar qöyilganini isbotlovçi mömiyolangan teri qoldiqlari ham topilgan. Keyinroq qadimgi greklar öz josuslarini tanib oliş uçun körinmas siyoh bilan şakl beriluvçi tatuirovkalardan foydalangan.

Rimliklar esa jinoyatçi va qullarni boşqalardan ajratiş uçun tatuirovkalarni işlatişgan.

Hurmat belgisi bölgan metall lavhalar

Rimda milodiy 52 yilda, 2 ming yil oldin harbiy pasportlar sifatida tanilgan hujjatlar berila boşlanadi. Rimda fuqarolarni tanib olişning samarali usuli diplomlar edi.