Viza va fuqarolik oliş masalalari böyiça xalqaro konsultativ markaz – Henley & Partners dunyo mamlakatlari pasportining an’anaviy yillik reytingini e’lon qildi.

Reyting Xalqaro havo transporti assotsiatsiyasi bergan ma’lumotlar asosida tuzilgan. Unda davlatlarning fuqarolik pasporti öz egasiga neçta mamlakatga avvaldan viza olmasdan (umuman viza olmasdan yoki yetib borganidan keyin viza olgan holda) kirib boriş imkonini berişi inobatga olingan.

2024 yilgi indeksda Özbekiston pasporti Kuba, Mangoliya va Mozombik pasportlari bilan birga 79-örinni qayd etgan. Uşbu törtta mamlakat fuqarolari 64 ta davlatga avvaldan viza olmay kirib boraverişi mumkin.

Özbekiston pasportining Henley Passport Index böyiça oxirgi yillardagi pozitsiyasi:

  • 2016 yil: 52 ta davlatga vizasiz boriş imkoni, 85-örin;
  • 2017 yil: 53 ta davlatga vizasiz boriş imkoni, 83-örin;
  • 2018 yil: 59 ta davlatga vizasiz boriş imkoni, 82-örin;
  • 2019 yil: 56 ta davlatga vizasiz boriş imkoni, 85-örin;
  • 2020 yil: 57 ta davlatga vizasiz boriş imkoni, 83-örin;
  • 2021 yil: 56 ta davlatga vizasiz boriş imkoni, 92-örin;
  • 2022 yil: 57 ta davlatga vizasiz boriş imkoni, 86-örin;
  • 2023 yil: 59 ta davlatga vizasiz boriş imkoni, 85-örin;
  • 2024 yil: 64 ta davlatga vizasiz boriş imkoni, 79-örin.

Reytingda birinçi örinni Singapur pasporti egallagan. Henley kompaniyasiga köra, bu davlat fuqarolari 195 ta mamlakatga vizasiz boriş huquqiga ega.

2024 yilda ham, odatdagidek, reytingda yuqori örinlarni asosan Yevropa Ittifoqi davlatlarining pasportlari band qilgan:

  • 1-örin. Singapur – 195 ta davlat;
  • 2-örin. Fransiya, Germaniya, Yaponiya, Italiya, Ispaniya – 194 ta davlat;
  • 3-örin. Finlandiya, Niderlandiya, Janubiy Koreya, Lyuksemburg, Avstriya, Irlandiya, Şvetsiya, – 193 ta davlat;
  • 4-örin. Belgiya, Daniya, Buyuk Britaniya – 192 ta davlat;