Özbekistonning Öş şahridagi Boş konsulxonasi tomonidan vaqtinça işlaş uçun xorijga çiqib ketgan vatandoş xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini har tomonlama himoya qiliş böyiça tizimli işlar amalga oşirilmoqda, deb xabar qildi "Dunyo".
Xususan, 2022 yilda Qirğizistonda vafot etgan turmuş örtoğining ölimi töğrisidagi guvohnoma va boşqa hujjatlarini oliş uçun Öş viloyatiga kelib, özining pasporti va şaxsiy buyumlarini yöqotgan hamda pulsiz qiyin ahvolda qolgan 1968 yilda tuğilgan Özbekiston fuqarosi R.R.ga konsullik-huquqiy yordami körsatildi. Jumladan, unga vatanga qaytiş guvohnomasi tölovsiz rasmiylaştirildi va Özbekistonga qaytişida amaliy yordam berildi.
Boş konsulxona ma’lumotiga köra, joriy yilning boşidan buyon 300 ga yaqin xotin-qizlarga va özbekistonlik talabalarga turli konsullik-huquqiy yordam körsatilgan. Murojaatlarning aksariyati xorijiy mamlakat vizasini rasmiylaştiriş, röyxatdan ötiş, vatanga qaytiş guvohnomasi oliş, şuningdek, oilaviy-maişiy muammolar, farzandlar yoki mol-mulkni taqsimlaş va boşqa masalalarga oid bölyapti.
Boş konsulxona huzurida konsullik okrugiga kiruvçi Öş, Jalolobod va Batken viloyatlarida mehnat faoliyatini olib borayotgan yoki oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan faol, tadbirkor, ijodkor, taşabbuskor xotin-qizlar, talaba yoşlardan iborat işçi guruh tuzilgan. Mazkur işçi guruh kömagida turli bayram tadbirlari, davra suhbatlari va uçraşuvlar muntazam ravişda ötkazib kelinmoqda.













