Rossiyada muhojirlarni nazorat qiluvchi mobil ilova yaratiladi
Rossiyada muhojirlarni ro‘yxatga olish va xabardor qilish platformasini ishlab chiqish rejalashtirilmoqda. U mobil ilova shaklida muhojirlarga taqdim qilinadi.

Foto: Ivan Sekretarev / AP
«Kommersant'» xabariga ko‘ra, platforma Aloqa va ommaviy kommunikatsiyalar vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi. U hukumatga nafaqat muhojirlarning hisobini yuritish, balki mamlakat bo‘ylab ko‘chib yurishini nazorat qilish imkonini ham beradi.
Platforma davlat xizmatlari portali bilan integratsiya qilinadi va muhojirlarga mobil ilova shaklida taqdim etiladi. Ular shaxsiy kabinet orqali davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. Servisdan Rossiya hududida ham, tashqarisida ham foydalanish mumkin bo‘ladi.
Platforma doirasida xorij fuqarolarining umumiy ma'lumotlar bazasi yaratiladi. Idoralar esa xorijliklarga elektron xizmatlarni ko‘rsatish maqsadida axborot almashish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.
Muhojirlarni monitoring qilish tizimi ularning Rossiyaga kirish va chiqish sanasi, joyi haqidagi ma'lumotga asoslanadi.
Softline kompaniyasining milliy loyihalar bo‘yicha rahbari o‘rinbosari Andrey Sholoxov so‘zlariga ko‘ra, bunday ma'lumotlarni elektron ko‘rinishda to‘plash dunyo amaliyotida bor narsa. Ammo muhojirlarning mamlakat hududi bo‘ylab harakati haqidagi ma'lumotlar xalqaro aktlar nuqtai nazaridan noqonuniy hisoblanadi. Shu tufayli, mutaxassis muhojirlarga gosuslugi.ru sayti va «Mnogofunksionalnyy sentr» (MFs) xizmatlarini qisman ochishni taklif qilmoqda.
Rossiya IIV ma'lumotiga ko‘ra, har yili mamlakatga 16,5 – 17 mln muhojir keladi va platforma 2020-2022 yillarga mo‘ljallangan davlat migratsiya siyosatini amalga oshirish uchun yaratilmoqda.
Mehnat resurslarini hisobga olish va yagona mehnat bozorini shakllantirish masalasi – Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining yo‘nalishlaridan biridir. Ammo uni yaratish muhojirlarni ro‘yxatga olishning shaffof tizimisiz mumkin emas, deb ta'kidladi «Tsifrovyye protsessy» kompaniyasi rahbari Viktor Smirnov.
Platformaning ishga tushirilishi natijasida davlat xizmatlari portaliga o‘xshash servis paydo bo‘ladi. U muhojirlarga turli holatlarda qanday yo‘l tutish kerakligini eslatadi, masalan, rus tili kurslarini qayerda o‘tish mumkinligini, deb qo‘shimcha qildi Smirnov.
Mutaxassislar hisob-kitobiga ko‘ra, platformani ishlab chiqish va ishga tushirish uchun kamida 1 yil muddat va 200-500 mln rubl talab qilinadi.
Tavsiya etamiz
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
O‘zbekistonliklar eng ko‘p Green Card yutganlar orasida 1-o‘rinni egalladi
Jahon | 22:24 / 12.05.2025
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mavzuga oid

20:55 / 13.05.2025
Shavkat Mirziyoyev «Gazprom neft» kompaniyasi boshqaruvi raisi bilan uchrashdi

20:52 / 13.05.2025
Xitoy Ukrainadan Moskvadagi parad vaqtida hujum qilmaslikni so‘ragan

16:51 / 13.05.2025
«Rosatom» O‘zbekistondagi kichik AES bloki uchun uskunalar ishlab chiqarishni boshladi

13:15 / 13.05.2025