Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Test sinovlarining stadionlar va xiyobonlarda o‘tish tartibi haqida ma'lumot berildi
21 avgust kuni DTM rasmiylari ishtirokida navbatdagi matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, test sinovlari uchun respublika miqyosida 40ta stadion va xiyobonlar tanlab olingan. Ularda tayyorgarlik ishlari ketmoqda: barcha hududlarda zaruriy jihozlar, talab darajasidagi videokuzatuv qurilmalari, shaxsni identifikatsiya qilish uskunalari o‘rnatilmoqda.
Test o‘tkaziladigan obektlar 25 avgustgacha tayyor holga keltiriladi.
Test sinovlari Andijon, Surxondaryo, Qashqadaryo, Sirdaryo, Navoiy viloyatlari va Toshkent shahrida 12 kun, Farg‘ona viloyatida 10 kun ichida bo‘lib o‘tadi.
Har bir hudud navbatchi tez tibbiy yordam mashinalari bilan ta'minlanadi. Binoga kirishda abituriyentlar dezinfeksiyadan o‘tkaziladi. Harorat o‘lchanib, tibbiy qo‘lqop, niqob va kepkalar beriladi.
Abituriyentlar test sinovlari o‘tkaziladigan sektorlarga kamida yarim soat oldin kelib o‘z o‘rnini egallashi kerak.
Ertalabki smenada 6:30dan boshlab abituriyentlarni binoga kiritish boshlanadi, ikkinchi smenada 15:30dan boshlab sektorlarga kiritish ishlari boshlanadi.
Test sinovlariga haydovchilik guvohnomasi yoki pasport nusxasi bilan kirish mumkin emas, imtihonga kirishda pasport bo‘lishi talab etiladi. Ma'lum qilinishicha, hukumatning tegishli qarorlarida shunday tartib belgilangan.
«Imtihon paytida shaffoflikni ta'minlashga alohida e'tibor qaratiladi. Avvalo, abituriyentlar shaxsini identifikatsiyalash vositalaridan o‘tgach, hududga kiritilishi joriy qilinadi. Jarayon videokuzatuvda bo‘ladi va onlayn translatsiya qilinadi» – dedi DTM direktori o‘rinbosari Sardor Rajabov.
Imtihon kuni yog‘ingarchilik bo‘lsa, shu kungi test sinovlari barcha imtihonlar yakunlanganidan keyinga qoldiriladi.
«Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun alohida tartiblar joriy qilingan. Test sinovlarining o‘tkazilishida shart-sharoitlar yaratilishi bo‘yicha alohida ko‘rsatmalar bor», – dedi DTM boshqarma boshlig‘i Diyorbek Qo‘chqorov.
Abituriyent ruxsatnomasini 22 avgustdan boshlab olish mumkin bo‘ladi. Shu kundan DTM saytidagi har bir abituriyentning shaxsiy kabinetida abituriyent ruxsatnomasi qo‘yiladi. Abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tganda ko‘rsatgan telefon raqamiga bu haqda SMS-xabar yuboriladi.
Mavzuga oid
17:41 / 11.02.2026
2026 yilgi test imtihonlarida topshiriladigan fanlar majmuasi tasdiqlandi
07:50 / 13.08.2025
O‘qishni davlat oliygohlariga ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari sanasi belgilandi
09:41 / 24.07.2025
Bakalavriat uchun testlar to‘liq yakunlanadi
12:07 / 21.07.2025