O‘zbekiston | 20:48 / 24.08.2020
8879
2 daqiqa o‘qiladi

EPSILON (EDC): Aholiga uzluksiz tabiiy gaz yetkazib berilishini ta'minlash maqsadida gaz quvurlarini qurish ishlari davom ettirilmoqda

Foto: EPSILON

Karantin cheklovlari yumshatilgandan so‘ng, kompaniyaning barcha maydonlarida ishlar tiklandi. Joriy yilning 23 avgust kuni «Shimoliy Beshkent» konlaridan «Sho‘rtanneftgaz» gaz yig‘ish punktigacha bo‘lgan tabiiy gaz yetkazish quvurining qurilishi yakunlandi. Barcha ishlar sanitariya-epidemiologiya qoidalariga qat'iy amalga qilgan holda olib borilmoqda.

Uzunligi 11 km bo‘lgan gaz quvuri: qurilishi shu yilning 17 avgust kuni boshlangan, quvur sutkasiga 1 mln kub.m tabiiy gaz o‘tkazish quvvatiga ega. Ulangan quduqning kunlik debiti 100 ming kub.m tabiiy gaz va 15 tn neftni tashkil etadi. 

Yangi «Shimoliy Beshkent» koni joriy yilning 1 may kuni Qashqadaryo viloyatida ochilgan. Uning zaxiralari 4 mlrd kub.m tabiiy gaz va 300 ming tn neftni tashkil qiladi. Qazib chiqarilgan gazning barchasi O‘zbekiston ichki bozoriga yo‘naltirilmoqda.

Yaqin kunlarda 2 ta qidiruv (Yangilik-1, Allavudin-4) va 2 ta razvedka (Chigil-8, Mirbaraka-2) quduqlarini burg‘ilash, shuningdek «Qirquloch-4» qudug‘ini kapital ta'mirlash ishlari yakunlanadi. Uzunligi 21 km bo‘lgan «Ayzavat-Chigil QK» gaz quvuri qurilishi yakunlanmoqda.

Epsilon Matbuot xizmati

Жамшид Рузибаев
Tayyorlagan Жамшид Рузибаев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid