Sönggi kunlarda özbek futboli ayvonidagi asosiy voqea «Andijon» futbol klubining moliyaviy muammolar girdobiga tuşib qolgani böldi. Hali mavsumning yarmi ham ötmay, Superliga klubining bunday ahvolga tuşib qolişiga nima sabab böldi? Ustiga-ustak «Andijon» Superliga-2020 yilgi mavsumida hali ğalaba nimaligini bilmagan yagona klub bölib turibdi. Kun.uz va Tribuna.uz muxbirlari 27 avgust, payşanba kuni PFL boş direktori vazifasini bajaruvçi Diyor Imomxöjayev bilan suhbatlaşib, «Andijon» klubi va jamoaning Superligadagi iştirokiga doir vaziyatga oydinlik kiritişdi.
Ma'lum bölişiça, «Andijon» fubol klubini inqirozli holatga kelişi Özbekiston Professional futbol ligasi tomonidan ançadan beri taxmin qilingan. Çunki Andijon viloyatining boş jamoasi nafaqat futbolçi va murabbiylar oldida, balki mehmonxonalar, oziq-ovqat bilan ta'minlovçi taşkilotlar oldida ham qarzdorligi bölgan. Bu narsa qaçondir oxiriga yetib kelişi kerak edi va hozirga kelib yuzaga çiqdi.
«Bu narsa bir kun kelib yorilişi kerak edi»
- Diyor, «Andijon» atrofidagi muammolar qaçon boşlangan? Yil boşida PFLga moliyaviy kafolat haqida hujjat topşirilganmidi?

- Men 2,5 yildan buyon PFLda işlayotgan bölsam, «Andijon» klubi har yili qarzdan-qarzga yetib keladigan klub. Bu narsa bir kun kelib yorilişi kerak edi. Menimça, klub uçun öşa kunlar yetib keldi. Klubdagi vaziyatdan kelib çiqib aytadigan bölsak, bu ançadan buyon kutilgan narsa. Qaçondir buning yakuni bölişi kerak edi.
«GM-Uzbekistan» avtomobil zavodining «Andijon»ga pul berişga majburiyati yöq»
- Kuni keça «Andijon» futbol klubi muammolari böyiça Andijonda bölib qaytdingiz. Mutasaddi rahbar yoki homiylar bilan uçraşuv qanday yakunlandi?
- Töğri tuşuniş kerak, hozirda ğalati tendensiya ketyaptiki, futbol fanatlari özlari bilmagan narsani prezidentga murojaat yoki boşqa yöllar bilan olib çiqib, ba'zi bir klub rahbarlari şu fan-klub orqasiga yaşirinayotgandek taassurot uyğotyapti. Aslida bu töğri emas. Çunki Özbekiston prezidentining 2017 yilda Tokio-2020 Olimpiadasiga futbolçi va boşqa sportçilarni tayyorlaş böyiça qarori çiqqan. Şuni 6-ilovasida futbol klubiga homiylar biriktirib berilgan. Unga köra, «GM-Uzbekistan» avtomobil zavodi Andijonga biriktirilgan.















