Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijon davlat texnika instituti tashkil etiladi
Andijon mashinasozlik instituti, Andijon iqtisodiyot va qurilish instituti hamda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining Andijon fakultetida tahsil olayotgan barcha talabalar o‘qishini yangi institutda davom ettiradi.
“Andijon davlat texnika institutini tashkil etish to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi. Unga ko‘ra, Andijon davlat texnika instituti Andijon mashinasozlik instituti, Andijon iqtisodiyot va qurilish instituti hamda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining Andijon fakulteti negizida tashkil etiladi.
Institutning asosiy vazifalariga avtomobilsozlik, elektrotexnika, energetika, to‘qimachilik, muhandislik, qurilish va boshqa sanoat sohalari bo‘yicha kadrlar tayyorlash kiritilgan.
2025/2026 o‘quv yilidan boshlab:
– energetika muhandisligi, sun’iy intellekt, mexatronika va robototexnika kabi yo‘nalishlarda kadrlar tayyorlash hajmi oshiriladi;
– talabalarining fanlarni o‘zlashtirish ko‘rsatkichi va professor-o‘qituvchilarning faoliyat samaradorligini xalqaro standartlar asosida baholash tizimi joriy etiladi;
– talabalarga o‘qish davomida yuzaga keladigan tashkiliy va huquqiy masalalar bo‘yicha barcha zarur xizmatlar “yagona darcha” tamoyili asosida ko‘rsatilishi yo‘lga qo‘yiladi;
– bakalavriat va magistratura bosqichlariga o‘qishga qabul qilingan iqtidorli talabalar uchun alohida guruhlarda darslarni xorijiy tillarda o‘tkazish belgilandi.
Andijon mashinasozlik instituti, Andijon iqtisodiyot va qurilish instituti hamda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining Andijon fakultetida tahsil olayotgan barcha talabalar o‘qishini yangi institutda davom ettiradi.
Bitiruvchi kurs talabalariga 2024/2025 o‘quv yilidan boshlab Andijon davlat texnika instituti diplomi beriladi.
Mavzuga oid
22:12 / 06.06.2026
Andijonda voyaga yetmagan qiz bilan jinsiy aloqa qilgan IIB xodimi qamoqqa olindi
12:31 / 02.06.2026
Andijonda 35 mlrd so‘mlik soliq keshbeki o‘marildi
18:35 / 30.05.2026
Andijonda tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi modda bo‘lgan mahsulotlar savdosiga chek qo‘yildi
17:11 / 19.05.2026