«Dunyoning yil avtomobili» sovriniga nomzodlar e'lon qilindi
«Dunyoning yil avtomobili» (World Car Of The Year, WCOTY) tanlovi tashkilotchilari g‘oliblik uchun kurashadigan 24ta nomzodni e'lon qilishdi.

Foto : KUN.UZ /arxiv
Hozircha ro‘yxat dastlabki xususiyatga ega. Da'vogarlarning yakuniy varianti dekabr oyida shakllantiriladi. Masalan, unga taqdimot marosimi sentyabrda o‘tkaziladigan Mercedes-Benz S-Class modeli ham kiritilishi mumkin.
Hozirgi ro‘yxatdan 5ta nemis avtomobili joy olgan: Audi A3, BMW 2-Series Gean Coupe, BMW 4-Series, Mercedes-Benz GLA va Volkswagen ID.4.
Janubiy Koreyadan 7ta avtomobil kiritilgan: Genesis G80, Hyundai Elantra/Avante, Hyundai i10/Grand i10, Hyundai i20, Kia K5/Optima, Kia Sonet va Kia Sorento.
Yaponiyadan 8ta avtomobil kiritilgan: Honda Jazz/Fit, Honda-e, Mazda MX-30, Nissan Rogue/X-Trail va 4ta Toyota: Highlander, Sienna, Venza/Harrier, shuningdek, Yaris/Yaris Cross.
Ro‘yxatda 1ta amerikalik avtomobil bor: Ford Escape / Kuga. Shuningdek, Fransiyadan Citroen C4/e-C4, Ispaniyadan Seat Leon va Chexiyadan Skoda Octavia ham da'vogarlar orasida bor.
G‘olibni 29 mamlakatning 90 nafar jurnalisti aniqlab beradi. Uning nomi 2021 yildagi Nyu-York avtosalonida e'lon qilinadi.
Qayd qilish joizki, 2020 yilda Janubiy Koreyaning faqat AQSh bozori uchun ishlab chiqarilgan Kia Telluride avtomobili g‘oliblikni qo‘lga kiritgan edi.
Bu yilgi ro‘yxatda ham shunday avtomobillar bor. Jumladan, Kia Sonet faqat Hindiston bozori uchun, Toyota Harrier esa faqat Yaponiya, AQSh va Kanada bozorlari uchun mo‘ljallangan.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Britaniya razvedkasiga ilk bor ayol kishi rahbarlik qiladi
Jahon | 01:39
-
Shimoliy dengiz sohillaridan ulkan kitning jasadi topildi
Fan-texnika | 00:38
-
«Payshanba kuni Turkiyada kutaman». Zelenskiy Putinni shaxsan uchrashishga taklif qildi
Jahon | 22:43 / 11.05.2025
-
Rossiyada ma’muriy javobgarlikka tortilgan relokantlar mulkini musodara qilish boshlanadi
Jahon | 22:17 / 11.05.2025
Mavzuga oid

14:57 / 01.05.2025
Germaniya avtomobil ishlab chiqaruvchilari Trampning tariflari tufayli yo‘qotishlarga duch kelmoqda

12:54 / 05.10.2024
Hindistonlik erkak noodatiy avtomobillar kolleksiyasi bilan Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi

17:58 / 01.09.2023
Santa Fe’dan Traverse’gacha - dunyo avtomobil bozorida taqdim etilgan so‘nggi krossoverlar

19:24 / 15.08.2023