Bosh vazir birinchi o‘rinbosarining funksional vazifalari tasdiqlandi
Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga va O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziriga hisobot beradi.
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri birinchi o‘rinbosarining funksional vazifalari to‘g‘risidagi hamda Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi masalalari kotibiyati to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qarori qabul qilindi.
Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri birinchi o‘rinbosarining funksional vazifalari to‘g‘risidagi nizom;
Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi masalalari kotibiyati to‘g‘risidagi nizom tasdiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari A.J. Ramatov bir hafta muddatda Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi masalalari kotibiyati rahbarlari va mutaxassislarining funksional vazifalari taqsimotini tasdiqlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri birinchi o‘rinbosarining funksional vazifalari to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra, Bosh vazir birinchi o‘rinbosarining faoliyati quyidagi masalalarni hal etishga yo‘naltirilgan:
- hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalarini hal etish;
- uy-joy kommunal xo‘jalik, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish tizimini rivojlantirish;
- muhandislik-kommunikatsiya va yo‘l-transport infratuzilmasini, shuningdek, transport kommunikatsiyalarini modernizatsiyalash;
- kapital qurilish sohasidagi islohotlar va pudrat ishlari dasturlarining izchil amalga oshirilishini ta'minlash;
- qurilish va arxitektura sohasidagi ishlar sifatini nazorat qilish;
- qurilish industriyasini rivojlantirish.
Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari maqomiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining a'zosi hisoblanadi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Rayosati tarkibiga kiradi.
Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida bevosita ishtirok etadi.
Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi masalalari kotibiyatiga bevosita rahbarlik qiladi hamda Kotibiyat rahbarlari va mutaxassislarining ishlarini tashkil etadi.
Quyidagilar Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari faoliyatining asosiy yo‘nalishlari hisoblanadi:
«Xalq davlat organlariga emas, davlat organlari xalqqa xizmat qilishi kerak» degan asosiy prinsipni o‘z vaqtida, aniq va to‘liq hajmda amalga oshirish;
vazirliklar, davlat qo‘mitalari va davlat boshqaruvining boshqa organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining hujjatlari, parlament, deputat va Senat a'zosi so‘rovlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari ijrosini tashkil etish hamda bajarilishini monitoring qilib borish;
joylardagi ishlarning real holatini doimiy o‘rganish, iqtisodiyot hamda ijtimoiy sohadagi muammolarni har tomonlama tahlil qilish va shu asosda strategik hamda ustuvor vazifalarni amalga oshirishga doir kompleks takliflar ishlab chiqish;
2017 — 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasi vazifalari, O‘zbekiston Respublikasida Ma'muriy islohotlar konsepsiyasi, Vazirlar Mahkamasining harakatlar dasturi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis palatalarining tashkiliy yig‘ilishlari va qo‘shma majlislaridagi nutqlaridan kelib chiqadigan vazifalarning, 2030 yilgacha O‘zbekiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish konsepsiyasi hamda o‘rta muddatli va uzoq istiqbolda rivojlantirishning tasdiqlangan tarmoq va hududiy dasturlarining o‘z vaqtida va samarali amalga oshirilishini ta'minlash;
keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga taqdim etish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasidan kelib chiqadigan tegishli yilga mo‘ljallangan davlat dasturining amalga oshirilishi to‘g‘risida choraklik hisobotlar tayyorlash;
Hukumat, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining asosiy xalqaro reytinglar hamda indekslarda O‘zbekiston Respublikasining pozitsiyalarini yaxshilash bo‘yicha ish samaradorligini oshirish sohasida kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlari zimmasiga yuklangan vazifalar hamda funksiyalarning samarali va natijali bajarilishi uchun ularning shaxsiy roli hamda mas'uliyatini oshirish;
joylarda «xalq bilan muloqot» va shaxsiy uchrashuvlar amaliyotini takomillashtirish, ijtimoiy sohani yanada rivojlantirish, shu jumladan aholi bandligini ta'minlash va real daromadlari oshirilishini kafolatlovchi kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish;
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish orqali, shu jumladan ilg‘or xalqaro tajribani o‘rganish asosida, zarur bo‘lganda, ushbu maqsadlarga xorijiy konsultantlarni jalb etgan holda normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish, kelishish, ekspertizadan o‘tkazish va ko‘rib chiqish tizimini takomillashtirish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli bo‘linmalari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘mitalari bilan o‘zaro yaqin hamkorlikni ta'minlash;
biriktirilgan sohalar va tarmoqlarda iqtisodiy hamda ijtimoiy islohotlar amalga oshirilishining samaradorligi doimiy va tizimli asosda har tomonlama va tanqidiy tahlil qilinishini ta'minlash, aniqlangan muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish va kompleks vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha asosli takliflar tayyorlash;
biriktirilgan sohada davlat siyosatini samarali va sifatli amalga oshirishda, shu jumladan moliyaviy resurslarni boshqarish masalalarida vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning mustaqilligini idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilishning aniq tizimini joriy etish orqali kuchaytirish;
barcha darajalardagi ijro etuvchi hokimiyat organlari va ularning rahbarlari faoliyatini aniq ko‘rsatkichlar hamda maqsadli indikatorlarga erishishga, yaqin, o‘rta va uzoq muddatli istiqbolda iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy hamda boshqa sohalarni strategik rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish sifati va samaradorligiga asoslangan mutlaqo yangi baholash tizimini joriy etish;
hududlarni, avvalambor, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishda ortda qolayotgan qishloq tumanlari va shaharlarni rivojlantirish bo‘yicha istiqbolli vazifalarni samarali hal etish borasida davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining muvofiqlashtirilgan ishini ta'minlash, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining topshiriqlari hamda hujjatlari ijrosini tizimli va amaliy nazorat qilishni takomillashtirish;
Hukumatning muayyan sohalar va yo‘nalishlarda islohotlarning amalga oshirilishini o‘rganish maqsadida hududlarda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, hududiy davlat boshqaruvi organlari rahbarlari, jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida mavzuga oid sayyor (ochiq) majlislarida ishtirok etish;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatida, vazirliklar, idoralar va barcha darajalardagi hokimliklarda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish asosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari, farmonlari, farmoyishlari, bayonnomalari va topshiriqlari, Hukumat qarorlari va farmoyishlari, shuningdek, «yo‘l xaritalari»ning bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni ta'minlash;
Kotibiyatga biriktirilgan vazirliklar, idoralar hamda xo‘jalik birlashmalarida kadrlarni tanlash tizimini takomillashtirish, xodimlar malakasini oshirish va Kotibiyat kadrlarining amaliy zaxirasini tayyorlashning samarali shakl va usullarini joriy etish;
davlat boshqaruvini nomarkazlashtirish, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining moliyaviy imkoniyatlari, roli va javobgarligini kengaytirish, markaziy va o‘rta bo‘g‘in boshqaruv xodimlari sonini optimallashtirish orqali boshqaruvning vertikal tizimi mexanizmlarini va ijro etuvchi hokimiyat organlarining o‘zaro hamkorligini takomillashtirish.
Mavzuga oid
21:36 / 24.10.2024
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tugatildi va Migratsiya agentligi tashkil etildi
18:22 / 24.10.2024
«O‘zagroinspeksiya» hukumat bo‘ysunuviga o‘tkazildi
09:55 / 15.10.2024
Avtobus yo‘laklarida boshqa transportlarning harakatlanishi ustidan nazorat kuchaytirildi
18:28 / 26.09.2024