«Agrosanoat majmuida davlat nazorati tizimini yanada takomillaştirişning qöşimça çora-tadbirlari töğrisida»gi prezident farmoni qabul qilindi.
Farmonga köra, Agrosanoat majmuasi ustidan nazorat qiliş inspeksiyasi (Özagroinspeksiya) Vazirlar Mahkamasi böysunuviga ötkazildi.
«Özagroinspeksiya»ga quyidagi qöşimça vazifalar yuklandi:
- buğdoyni qabul qiliş, saqlaş va xaridorlarga yuklab jönatiş jarayonida yuzaga keladigan tabiiy kamayiş miqdorini hisobdan çiqarişni nazorat qiliş;
- buğdoy yetiştiruvçilardan xarid qilinadigan buğdoyni qabul qiliş va sotiş jarayonlarida standart talablariga köra sifat körsatkiçlari böyiça (muvofiqlik sertifikati) hamda buğdoy sinflari (sifat sertifikati) böyiça sertifikatlaşni nazorat qiliş;
- import qilinayotgan qişloq xöjaligi ekinlarining uruğlik va köçat materiallarida geni modifikatsiyalangan organizmlarning (GMO) mavjudligini aniqlaş;
- barça korxonalar, muassasalar hamda taşkilotlarda qişloq xöjaligi, melioratsiya va yöl-quriliş texnikalarining texnik holati, ularning ekspluatatsiya qilinişi samaradorligi, şuningdek, servis va ta’mirlaş xizmatlarining sifati, qişloq xöjaligi texnikasi va texnologiyalarini majburiy va davriy sinovdan ötkaziş ustidan nazoratni amalga oşiriş;
- sohada davlat nazoratini amalga oşiriş va hisobotlarni yuritiş jarayonlarini töliq raqamlaştiriş.












