
Ijtimoiy tarmoqlarda 1 oktyabrdan boşlab abonentlar boşqa uyali aloqa kompaniyasini tanlaganda ham telefon raqamini saqlab qolişi mumkin bölişi haqida xabarlar tarqaldi. Kun.uz muxbiri bu masalada Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi matbuot kotibi Şerzod Ahmadov bilan boğlandi.
Ahmadovning aniqlik kiritişiça, oktyabrdan mobil telefon raqamini saqlagan boşqa aloqa kompaniyasiga ötiş mumkinligi haqiqatdan yiroq. Ammo bunday imkoniyat yaqin kelajakda paydo bölişi kutilmoqda.
«Ijtimoiy tarmoqlarda bu kabi gap-sözlarning tarqalişiga Telekommunikatsiya xizmatlarini körsatiş qoidalari Adliya vazirligida davlat röyxatidan ötkazilgani, hujjatga köra, mobil aloqa operatori özgarganda raqamlari özgarmay qolişi haqidagi xabarlar sabab bölgan. Mazkur normativ hujjat 31 iyul kuni qabul qilingan bölsa-da, 1 oktyabrdan kuçga kirişi belgilangan. Ya’ni hujjat kuçga kirdi deganda, unda keltirilgan xizmatlar ham öşa zahoti kuçga kirişi körsatilmagan.
Uşbu hujjat Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi taşabbusi bilan işlab çiqilgan hamda vazirlikning tegişli buyruği bilan tasdiqlangan. Adliya vazirligi tomonidan belgilangan tartibda davlat röyxatidan ötkazilgan.
Bir kompaniyadan boşqa kompaniyaga öz mobil raqami bilan ötib, yangi abonent sifatida öşa kompaniya xizmatlaridan foydalaniş dunyo tajribasida bor. Qabul qilingan hujjatga asosan, özbekistonlik abonentlarga ham ana şunday imkoniyatini taqdim etiş harakatlari boşlanadi. Ya’ni şu paytgaça bu borada işlarni boşlaşimiz uçun huquqiy asos yöq edi.
Xöş, bundan keyingi qadamlar nimalardan iborat böladi? 1 oktyabrdan boşlab, aloqa operatorlari bilan birgalikda raqamni saqlagan holda mobil operatorni özgartiriş tartibi va şartlari işlab çiqiladi. Bu jarayonda aholiga aloqa xizmatlarini körsatib kelayotgan mobil operatorlarning qonuniy huquq-manfaatlariga ustuvorlik beriladi.
Şundan söng 2020–2021-yillarda mobil aloqa operatorlari tomonidan zarur infratuzilma tayyorlanadi, kerakli jihoz va qurilmalar sotib olinişi kerak böladi. Men hozir aloqa operatorlarining texnik imkoniyatlari haqida yuz foiz tuşunçaga ega emasman, şu sababli ularning nomidan gapirişim töğri bölmaydi. Bu haqda ular bilan bir stol atrofida bölib ötadigan muhokamalar çoğida bir qarorga kelinadi.
Moddiy-texnik baza yaratilganidan söng, istalgan aloqa kompaniyasidan boşqasiga özingiz işlatib yurgan raqamingizni saqlagan holda öta olasiz. Masalan, siz UMS yoki Beeline mijozisiz, ularga tegişli perifiksni saqlagan holda boşqa kompaniya, deylik, Ucell yoki UzMobile'ga ötişingiz mumkin böladi.
















