Ispaniyada mahalliy mobil operatorlar faoliyatida jiddiy uziliş kuzatildi, deb xabar beradi El Pais.

Qayd etilişiça, Madrid, Barselona, Valensiya, şuningdek, Andalusiya, Basklar mamlakati, Ekstremadura va Aragon kabi yirik şaharlarda mobil internet va aloqa işlamay qolgan.

Dastlabki ma’lumotlarga köra, aloqa tizimidagi uzilişlar qator mobil operatorlarga egalik qiluvçi Telefonica telekommunikatsiya kompaniyasi tomonidan amalga oşirilgan texnik modernizatsiya işlariga boğliq. Kompaniya vakillarining ta’kidlaşiça, «tarmoqning yangilanişi ayrim servislar işiga ta’sir körsatgan bölişi mumkin».

Uzilişlardan Movistar, Orange, Vodafone, Digimobil va O2 kabi operatorlar foydalanuvçilari jabr çekkan. Downdetector monitoring servisiga köra, nosozliklarga oid ilk xabarlar mahalliy vaqt bilan tungi soat 02:00 larda paydo bölgan. Jami şikoyatlarning 72 foizi aloqa işidagi uzilişlar, 18 foizi — signal yöqligi va 10 foizi — aloqa butunlay öçib qolgani bilan boğliq. Ispaniya Raqamli transformatsiya va davlat xizmatlari vazirligi «vaziyatni diqqat bilan kuzatib borayotganini» ma’lum qildi.

Bu Ispaniyada bir oy içida kuzatilgan ikkinçi yirik texnologik muammo hisoblanadi. Aprel oxirlarida, Ispaniya, şuningdek, Portugaliya va Fransiya janubida istiqomat qiluvçi aholi bir neça soatda elektr energiyasi ta’minotidan uzilib qolgandi. Blekaut 50 millionga yaqin aholi yaşaydigan hududlarni qamrab olib, zamonaviy Yevropa tarixida elektr energiyasi ta’minoti uzilişi bilan boğliq eng yirik hodisaga aylangan edi.