Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Namangan–Andijon elektrlashtirilgan temir yo‘l liniyasi ishga tushdi (video)
Ma'lum vaqt Namangan va Andijon o‘rtasida poyezdlar harakati to‘xtatilgan edi, yangi loyiha doirasida mazkur liniya ta'mirlanib, to‘liq elektrlashtirildi. Endilikda elektropoyezdlar qatnovini sentabr oyidan boshlash rejalashtirilmoqda.
«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ mutaxassisi Rahmatjon Zohidovning aytishicha, Namangan-Andijon temir yo‘l liniyasining ochilishi vodiy xalqi uchun ancha qulayliklar yaratadi.

«Vagonlar konditsioner, yumshoq o‘rindiq va televizorlar bilan jihozlangan. Bundan tashqari, yo‘l haqi ham hamyonbop. Masalan, Qo‘qondan Marg‘ilon shahrigacha elektropoyezdda borish 5 ming so‘m, Andijondan Qo‘qon shahrigacha 7 ming so‘m.
31 avgustdan yo‘lga qo‘yilayotgan Namangan–Qo‘qon yo‘nalishining yo‘l haqi 5 ming so‘m qilib belgilangan. Buni avtotransport bilan taqqoslaydigan bo‘lsak, hozirda bu yo‘nalishlarga taksida borish 25-30 ming so‘mga tushadi», dedi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, sentabr oyidan Namangan–Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha ham elektropoyezdlar qatnovini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.
«2021 yilda esa Namangan–Andijon halqa yo‘li bo‘ylab tezyurar poyezdlar qatnovi amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan. Kelajakda vodiy bilan MDH davlatlariga xalqaro poyezd qatnovlarni amalga oshiramiz», – dedi Rahmatjon Zohidov.
Namangan–Andijon temir yo‘l liniyasida ta'mirlash ishlaridan tashqari, qator qurilish ishlari ham bajarilgan. Xususan, 7 km.lik yangi aylanma yo‘l, 6ta ko‘prik, 13 suv inshooti hamda 2ta zamonaviy temir yo‘l kesishmasi qurib bitkazilgan.
Vodiy temir yo‘l xalqasining yangi elektrlashtirilgan qismi uzunligi 100,6 km.ni tashkil etadi. Liniyaning umumiy masofasi esa 331,6 km.
Temir yo‘llarning elektrlashtirilgani dizel yoqilg‘isida harakatlanayotgan teplovozlar o‘rnini zamonaviy elektrovozlarga almashtirishga imkon beradi.
«Teplovozlardan foydalanish davri o‘tdi» — Vodiydagi temir yo‘llar to‘liq elektrlashtirildi
Tavsiya etamiz
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 15:18 / 15.07.2025
Bank kartalardan 1 mlrd so‘mga yaqin pullarni o‘zlashtirgan jinoiy guruh qo‘lga olindi
Jamiyat | 21:42 / 14.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tesla yangilangan Model Y elektromobilini taqdim qildi
Fan-texnika | 21:47
-
Qashqadaryoda «metan zapravka»dagi portlash oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi
O‘zbekiston | 20:53
-
2026 yilgi Qishki Olimpiada medallari taqdim etildi
Sport | 20:50
-
O‘zbekiston eng xavfsiz davlatlar reytingida 25-o‘rinni egalladi
O‘zbekiston | 20:31
Mavzuga oid

11:50 / 14.07.2025
Gazballonlarini noqonuniy saqlab, mashinalarga quyib sotayotgan xonadon aniqlandi

10:16 / 10.07.2025
Andijon va Surxondaryoda soliq boshqarmalari bosh inspektorlari ushlandi

18:19 / 08.07.2025
Andijonda xizmat vaqtida pichoqlanib vafot etgan profilaktika inspektori «Jasorat» medali bilan taqdirlandi

09:39 / 01.07.2025