Yirik avtomobilsozlik kompaniyalari pandemiya sababli 250 milliard dollar yo‘qotdi
Dunyoning eng yirik avtomobilsozlik kompaniyalari koronavirus pandemiyasi sababli 2020 yilning birinchi yarmida umumiy hisobda 250 mlrd dollar yo‘qotdi. Bu haqda Dow Jones xabar berdi.
Ta'kidlanishicha, dunyoning eng yirik ikkita avtomobil kompaniyasi Toyota Motor Corp. va Volkswagen AG eng katta yo‘qotish qayd qilgan.
“Toyota 35,45 mlrd dollar yo‘qotgan, Volkswagen tushumi esa 6 oy ichida 2019 yilning shu davridagiga nisbatan 34,14 mlrd dollar kamroq bo‘lgan. Fransiyaning Renault SA kompaniyasi tushumi 11,35 mlrd dollarga kamaygan, sof zarari esa rekord qiymatdagi 8,63 mlrd dollarni tashkil qilgan”, deyilgan xabarda.
AQSh avtomobilsozlik kompaniyalari ham pandemiya ortida zarar ko‘rgan.
Ford Motor Co., General Motors Co. va Fiat Chrysler Automobiles NV kompaniyalari umumiy hisobda 69,3 mlrd dollar zarar ko‘rgan. Bunda eng ko‘p yo‘qotish Ford ulushiga to‘g‘ri kelgan. Tesla tushumi esa aksincha 1 mlrd dollarga ko‘paygan.
Ma'lum qilinishicha, avtomobilsozlik kompaniyalari birinchi yarim yillikdagi qiyin vaziyatga qaramay, ikkinchi yarim yillikka katta umid bog‘lashmoqda.
“Ko‘plab avtomobil kompaniyalari uchun Xitoy bozori jadallashgani ijobiy signal hisoblanadi. Bu yerda iyulda yo‘lovchi avtomobillari savdosi yillik hisobda 8,5 foizga o‘sgan”, deyilgan xabarda.
Mavzuga oid
22:19 / 18.10.2024
BMW avtomobillari yangi ko‘rinishda ishlab chiqariladi
08:12 / 20.06.2024
Xitoy Farg‘onada yirik avtomobilsozlik majmuasini barpo etadi
07:36 / 04.06.2024
O‘zbekistonda Xitoy avtomobilsozlik texnoparkini tashkil etish rejalashtirilmoqda
09:40 / 22.02.2024