Maxsus komissiya axborotiga köra, karantin çeklovlari yumşatilişiga qaramasdan amalga oşirilgan çora-tadbirlar natijasida koronavirus infeksiyasi tarqalişini jilovlaş böyiça muayyan natijalarga erişilmoqda. Xususan, joriy yil 21 avgustdan boşlab koronavirus infeksiyasini yuqtiriş bilan boğliq yangi holatlar 500 talik körsatkiçdan qat'iy tuşganligi, soğayganlar soni 39,5 mingdan yoki umumiy kasallanganlarning 93 foizidan oşgani ham buni tasdiqlamoqda.
2020 yil 5 sentyabrdan boşlab umumiy ovqatlaniş obektlari (restoran, kafe, oşxona, çoyxona) faoliyatiga ruxsat berildi. Bunda uşbu obektlar quyidagi sanitari talablariga rioya etişi talab etiladi:
- banketlar va boşqa ommaviy tadbirlarni ötkazişga yöl qöymaslik;
- stollar oraliğidagi 2 metrdan kam bölmagan ijtimoiy masofani ta'minlaş;
- bir stol atrofida 4 kişidan köp bölmagan (oila a'zolari bundan mustasno) mijozlarni joylaştiriş;
- xodimlarning tibbiy niqob va tibbiy qölqopda bölişi;
- har bir mijozdan keyin stol va boşqa jihozlarning yuza qismini dezinfeksion vositalar bilan tozalaş;
- bino va xonalarga, şuningdek, havo aylantiriş tizimiga zararsizlantiriş anjomlarini (ultrabinafşa lampalar va b.) örnatiş.
Şuningdek, tomoşa va madaniy-köngiloçar obektlar (faqatgina teatr va kinoteatr) faoliyatiga ruxsat berildi. Bunda uşbu obektlar quyidagi sanitari talablariga rioya etişi talab etiladi:
- obektning havo aylantiriş tizimiga zararsizlantiriş anjomlarini (ultrabinafşa lampalar va b.) örnatiş;
- taşrif buyuruvçilarni ijtimoiy masofani saqlagan holda joylaştiriş hamda tibbiy niqobda böliş (zarur hollarda tadbir 2 soatdan ziyod davom etganda niqobni bepul almaştiriş);
- obektlarning kiriş-çiqiş joylarini pirometrlar, dezinfeksion “töşaklar”, antiseptik vositalari bilan jihozlaş, ularga kirişda har bir taşrif buyuruvçilarning tana haroratini ölçab, 37°C va undan yuqori bölgan yoxud infeksiya alomatlari mavjud bölgan holatda kiritmaslik;
- har bir seansdan keyin örindiq va boşqa jihozlarning yuza qismini dezinfeksion vositalar bilan tozalaş;
- xodimlarning tibbiy niqob va tibbiy qölqopda bölişi.
Parklar va istirohat boğlaridagi attraksionlar faoliyati ham tiklanmoqda. Bunda uşbu obektlar quyidagi sanitariya qoidalariga rioya etişi talab etiladi:
- taşrif buyuruvçilarni ijtimoiy masofani saqlagan holda navbatda turişini ta'minlaş;


















