Joriy yilning 10 iyun kuni soat 01:32 da Toşkent viloyati, Böstonliq tumani «Çimyon» MFY hududida joylaşgan yoğoçli konstruksiya materialidan qurilgan restoranlarning birida yonğin röy bergani töğrisida FVBga xabar tuşgan.
Şunga köra, 5 ta yonğin-qutqaruv ekipaji soat 02:01 da voqea joyiga yetib borib, yonğin soat 02:13 da örab olingan va soat 04:20 da öçirilgan.
Yonğin natijasida restoranning taxminan 300 kv m maydonda tomi, şifti, içki qismi va jihozlari yongan.
Yonğin natijasida tan jarohati olganlar töğrisida xabar kelib tuşmagan.
Yonğin sababi va zarari aniqlanmoqda.












