Eronning Isroilga qarşi harbiy amaliyotlari mahalliy vaqt bilan ertalab soat 4:00 da yakunlandi. Bu haqda Islom Respublikasi taşqi işlar vaziri Abbos Arağçining 24 iyun, seşanba kuni Tehron vaqti bilan soat 4:03 da X ijtimoiy tarmoğida çop etilgan bayonotida aytiladi.
«Qudratli qurolli kuçlarimizning Isroilni tajovuzkorligi uçun jazolaşga qaratilgan harbiy amaliyotlari sönggi daqiqagaça, ertalabki soat 4 gaça davom etdi», — deyiladi postda. Şu bilan birga, diplomat öz mamlakatini «sönggi tomçi qonigaça himoya qilişga» va duşmanning har qanday hujumiga sönggi daqiqagaça javob berişga tayyor bölgan Eron harbiylariga minnatdorçilik bildirdi.
Ayrim kuzatuvçilar va ommaviy axborot vositalari Eron TIV rahbarining bu bayonotini Islom Respublikasining Isroil bilan mojaroda öt oçişni töxtatişga tayyorligi sifatida izohladi. Avvalroq, 23 iyun kuni keçqurun AQŞ prezidenti Donald Tramp Truth Social ijtimoiy tarmoğida Eron va Isroil yaqin soatlarda öt oçişni töxtatişga tayyorligini ma’lum qilgandi.
Tehron vaqti bilan soat 3:46 da Abbos Arağçi X'da Eron va Isroil örtasida öt oçişni töxtatiş böyiça kelişuv yöqligini, ammo Isroil uni Tehron vaqti bilan ertalab soat 4 dan keçiktirmasdan töxtatsa, Eron «javob harakatlarini töxtatişga» tayyorligini yozdi.
«Hozirça öt oçişni yoki harbiy amaliyotlarni töxtatiş böyiça kelişuv mavjud emas. Biroq Isroil rejimi Eron xalqiga qarşi noqonuniy tajovuzni Tehron vaqti bilan ertalab soat 4 dan keçiktirmay töxtatsa, biz bundan keyin javob harakatlarimizni davom ettiriş niyatida emasmiz», — deya ta’kidladi Arağçi postda. «Harbiy harakatlarimizni töxtatiş böyiça yakuniy qaror keyinroq qabul qilinadi».









