Tsukerberg AQSh prezidenti saylovi xavfsizligi uchun 300 mln dollar ajratdi

Foto: Alamy
Saylov uchastkalari xodimlarini yollash va o‘qitish hamda kerakli qurilmalarni sotib olish uchun Center for Tech and Civic Life tashkilotiga 250 mln dollar taqdim etiladi.
Facebook asoschisi Mark Tsukerberg va uning turmush o‘rtog‘i Prissilla Chan noyabrda bo‘lib o‘tadigan AQSh prezidenti saylovi xavfsizligini ta'minlash uchun ikkita tashkilotga 300 mln dollar ajratdi. Bu haqda The Hill nashri yozmoqda.
Saylov uchastkalari xodimlarini yollash va o‘qitish hamda kerakli qurilmalarni sotib olish uchun Center for Tech and Civic Life tashkilotiga 250 mln dollar taqdim etiladi. Yana 50 mln dollar mablag‘larni turli shtatlarga taqsimlash bilan shug‘ullanadigan Center for Election Innovation and Research markaziga beriladi.
"Mamlakatimizdagi saylov infratuzilmasi COVID-19 sababli ko‘plab tahdidlar bilan to‘qnash kelayotganidan xavotirdaman. Pochta orqali ovoz berish darajasi yuqori bo‘ladi. Shuningdek, saylov uchastkalari xodimlari kontaksiz ovoz berishni ta'minlashlari zarurati kuchaydi", - dedi Tsukerberg.
The Hill nashrining eslatishicha, Facebook avvalroq saylovlarga aloqador yolg‘on ma'lumotlar tarqalishining oldini olishga layoqati yo‘qligi uchun tanqid qilingan.
Gazetaning qayd etishicha, kongress mart oyida saylov bilan bog‘liq qator muammolarni hal qilish uchun shtatlarga 400 mln dollar ajratilishini ma'qullagan. Kongress 2018 yildan buyon saylov xavfsizligini ta'minlash uchun 800 mln dollardan ortiq pul ajratgan.
Tavsiya etamiz
«Credit House» ishi: Minglab odamlar uysiz va pulsiz qolyapti
O‘zbekiston | 12:30
«Quvur operatsiyasi»: ruslar uni «urushdagi burilish nuqtasi» deyishmoqda
Jahon | 23:40 / 11.03.2025
Amaldorlar “mahalliy” xizmat avtomobillariga o‘tkazilmoqda
O‘zbekiston | 16:34 / 11.03.2025
Firibgarlar o‘g‘irlagan pullarni qaytarib bo‘lmaydimi?
O‘zbekiston | 15:27 / 11.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Trampning vakili Moskvada. Kremldagilar vaqtincha sulhga rozi emas
Jahon | 20:02
-
O‘zbekiston va Fransiya strategik sherik bo‘ldi. Maqsadlar va manfaatlar nima?
O‘zbekiston | 19:54
-
Qorabog‘ sobiq bosh vaziri Vardanyan ochlikni to‘xtatdi. U 23 kun davom etdi
Jahon | 19:15
-
Tramp prezidentligi davrida 30 mingdan ortiq migrant hibsga olindi
Jahon | 19:11
Mavzuga oid

22:38 / 30.01.2025
Meta kompaniyasi Trampga 25 mln dollar to‘lashga rozi bo‘ldi

22:15 / 15.01.2025
Meta kompaniyasi 3,6 mingga yaqin xodimini ishdan bo‘shatadi

12:02 / 09.01.2025
«Xavf bo‘lmay turganda erkinlikni qo‘llab-quvvatlayman, deyish oson» - Durov Tsukerbergning bayonoti haqida

22:30 / 07.01.2025