Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda niqobli bosqinchilar xonadonga bostirib kirib, 127 ming dollarni o‘g‘irlab ketdi
Joriy yilning 27 avgust kuni taxminan soat 00.30da Olmazor tumanida bir necha kishi yuzlarini niqob bilan berkitgan holda ochiq qolgan uyga kirishgan.
Toshkent shahar IIBB xabariga ko‘ra, so‘ng ular uy egalarini o‘tkir buyum bilan qo‘rqitib, u yerdan 127.000 AQSh dollarini o‘g‘irlab ketishgan.
Mazkur fakt asosida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 164-moddasi 4-qismi (“Bosqinchilik”) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
Jinoyat qidiruv xizmati xodimlari tomonidan ko‘rilgan choralar davomida gumonlanuvchilar – 38 yoshli muqaddam sudlangan Shuhrat N., 24 yoshli muqaddam sudlangan Ergash U., 31 yoshli Shonurmuhammad Sh., 27 yoshli muqaddam sudlangan Sardor S. qo‘lga olindi. 22 yoshli muqaddam sudlangan Komiljon U.ni qo‘lga olish choralari ko‘rilmoqda.
Tergov ishlari davom etmoqda, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
22:03 / 13.06.2025
Ko‘r-ko‘rona tergov va prokurorning yolg‘oni: Olmazorda ayol kamida 80 kundan beri asossiz hibsda o‘tiribdi
19:49 / 19.05.2025
«Talabalar festivali» o‘tkazilishi sabab Olmazor tumanidagi ko‘cha vaqtincha yopiladi
21:12 / 18.04.2025
Toshkentda noma’lum shaxs soxta qurol bilan bankni o‘marmoqchi bo‘ldi
08:44 / 08.04.2025