O‘zbekiston | 18:19 / 07.09.2020
6325
2 daqiqa o‘qiladi

EPSILON (EDC): Mirbaraka-2 yangi izlov qudug‘ining kunlik debiti 300 ming kub.m gazni tashkil etdi

Joriy yilning 7 sentabr kuni soat 15:40 da, Mirbaraka-2 yangi izlov qudug‘ini o‘zlashtirish davomida unga kislotali ishlov beriganidan so‘ng 300 ming kub.m dan iborat gazning sanoat miqyosidagi oqimi olinishiga erishildi.

Qashqadaryo viloyatining Kultak-Qamashi blokida joylashgan, hisoblangan zaxiralari 10 mlrd kub.m gacha gazni tashkil etgan Mirbaraka koni kompaniya tomonidan 2019 yilning avgust oyida ochilgan edi. Konning tuzilmasini va zaxiralarini aniqlashtirish bo‘yicha geologik qidiruv ishlari esa davom etmoqda.

Qazib chiqarilayotgan gazni respublika aholisiga yetkazib berish uchun 8 sentabr kuni quduq asosiy gaz quvuriga ulanadi. Bajarilayotgan barcha ishlar belgilangan sanitariya-epidemiologiya hamda ekologiya mezonlariga muvofiq tarzda olib borilmoqda.

Shu bilan birga, kompaniya ma'lum qiladiki, yuzaga kelgan tegishli sharoitlar taassufki, ish haqi hamda mahsulot yetkazib beruvchilarga bajarilgan ishlar asosida mablag‘lar to‘lanishida kechikishlar keltirib chiqarmoqda. Yil boshidan buyon kompaniya tomonidan ishchi-xodimlarning xar biriga, lavozimidan qat'iy nazar oyiga 2,5-3 mln so‘mdan to‘lab kelinmoqda, bu esa ish haqi bo‘yicha qarzdorlik paydo bo‘lishiga olib keldi. Bu holat yuzasidan kompaniya rahbariyati ulardan ma'zur tutishlarini so‘raydi hamda mazkur masala yechimini tez orada topish uchun barcha choralarni ko‘rmoqda.    

Epsilon Matbuot xizmati

Mavzuga oid