Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
EPSILON (EDC): O‘zbekistonning gaz uzatish infratuzilmasini rivojlantirish ishlari davom etmoqda

Joriy yilning 15 avgust kuni Farg‘ona viloyati aholisini kuz-qish mavsumida gaz bilan uzluksiz ta'minlash uchun “Ohangaron-Pungan” asosiy gaz uzatish quvurining yuqori tog‘ qismidan o‘tuvchi yo‘nalishi bo‘ylab, uzunligi 25 km bo‘lgan quvurni yonlama bog‘lagich (luping) qurilishi boshlangan edi. Tog‘ning 1500-2632 m balandligida bajarilayotgan keng ko‘lamli ishlar sel toshqini, tosh va qor ko‘chkilari kabi ehtimoliy texnogen xavflar bilan bog‘liq bo‘lganligi tufayli zarur muxandislik yechimlarini taqazo etadi. Hozirgi vaqtda qurilish yo‘nalishini quvur yotqizish uchun tayyorlash ishlari amalga oshirilmoqda.
24 avgustda yangi asosiy gaz uzatish quvuri qurilishi boshlangan bo‘lib, quvurning 338-chi km dan Yangiyer KS-Shirin GTS gacha yonlama bog‘lagich (Ø1020×12mm) 4,7 km ni tashkil etadi. Yuqoridagi quvurlar qurilishi ishlarini yakunlash joriy yilning 1 dekabrigacha rejalashtirilgan.
Kompaniya shuningdek, quyidgi asosiy gaz uzatish quvurlarining belgilangan qismida, ularni yangisiga almashtirgan holda to‘liq ta'mirlash ishlarini boshladi:
- Zirabuloq MGQB: “Muborak-Zirabuloq” MGQ (BGX-TBA) I, II, III qatorlari, 50-78 km oralig‘ida (Ø1020×12mm - 2,1 km qismi) to‘liq ta'mirlash; Yakunlash muddati 01.12. 2020 y. gacha;
- Gazli MGQB: “DBST” MGQ II-qatori, 29-39 km oralig‘ida (Ø1020×12mm – 9,263 km qismi) to‘liq ta'mirlash. Yakunlash muddati 01.12.2020 y. gacha;
- Muborak MGQB: “Kelif-Muborak” MGQ, 148-233 km oralig‘ida (Ø1020×12mm – 1,453 km qismi) to‘liq ta'mirlash. Yakunlash muddati 01.10.2020 y. gacha;
- “Muborak – Zirabuloq” MGQ: I, II qatorlari, 3-50 km oralig‘ida (Ø1020×12mm – 8,0 km qismi). Yakunlash muddati 01.10.2020 y. gacha;
- G‘allaorol MGQB: “BGH-TBA-A” MGQ, I qatori, 262-368 km oralig‘ida (Ø1020×12mm - 5,0 km qismi) to‘liq ta'mirlash. Yakunlash muddati 01.12.2020 y. gacha.
Bajarilayotgan barcha ishlar belgilangan sanitariya-epidemiologiya va ekologiya mezonlariga qat'iy rioya qilingan holda amalga oshirilmoqda.
Epsilon Matbuot xizmati
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
14 iyulda o‘tgan test sinovi natijalari e’lon qilindi
O‘zbekiston | 23:48 / 15.07.2025
-
Tramp Zelenskiy Moskvaga hujum qilmasligi kerakligini aytdi
Jahon | 23:36 / 15.07.2025
-
Google neyrotarmog‘i yutqazish qo‘rquvi sabab shaxmat o‘ynashdan bosh tortdi
Fan-texnika | 23:22 / 15.07.2025
-
O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha o‘tish ballari tasdiqlandi
O‘zbekiston | 22:40 / 15.07.2025
Mavzuga oid

10:51 / 15.11.2022
EPSILON (EDC): Karakara-2 qudug‘i berayotgan kunlik gaz hajmi 100 ming kubmetrni tashkil etdi

16:12 / 27.10.2022
EPSILON (EDC): Ernazar-12 qudug‘idan kuniga 50 ming kubmetr hajmda gaz olinmoqda

20:50 / 21.10.2022
EPSILON (EDC): Devxona-4 qudug‘idan chiqarilayotgan kunlik gaz hajmi 60 ming kubmetrni tashkil etdi

11:37 / 05.10.2022