Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari - Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga yangi rahbar tayinlandi.
Bugun, 9 sentabr kuni Xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi o‘tkazildi.
Unda Andijon viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov ishtirok etdi va ma'ruza qildi.
Kun.uz muxbiri xabar berishicha, sessiyada tashkiliy masala ko‘rib chiqilgan va Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari - Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga Shokirjon Mamajonovich Boltaboyev tayinlangan.
Shokirjon Boltaboyev 1967 yilda Andijon viloyatining Paxtaobod tumanida tug‘ilgan. 1991 yilda Toshkent xalq qishloq xo‘jaligi institutini tamomlagan. Ma'lumoti bo‘yicha ixtisosligi – iqtisodchi.
2018 yil iyunidan buyon Andijon viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari Birlashmasi raisi lavozimida faoliyat yuritgan.
U yangi lavozimda sentabr oyi boshida ishdan olingan Manzura Yunusova o‘rnini egalladi.
Bugun kun davomida Andijon viloyatining uch tumaniga yangi rahbarlar tayinlangandi – Jalaquduq IIB boshlig‘i Mansurbek Alixanov Asaka tumani hokimi lavozimida, Andijon viloyat iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Zohidjon Ahmadaliyev Xo‘jaobod tumani hokimi lavozimida, Hikmatullo Latipov Jalaquduq tumani hokimi lavozimida ish boshladi.
Mavzuga oid
13:35 / 07.05.2026
Andijonda Davaktiv va HET xodimi pora olishda gumonlanib ushlandi
16:34 / 04.05.2026
Andijonda yuk mashinasi urib ketishi oqibatida piyoda vafot etdi
08:01 / 27.04.2026
Andijonda attraksion quladi: kamida 7 kishi jarohatlangan
08:43 / 22.04.2026